Аннотация

Аннотация

Тақдим этилаётган ушбу мўъжазгина мажмуада шоирнинг Ватанни мадҳ этиб ёзган шеърлари жамланган. Диққатга сазовор томони, кириб келаётган ҳар бир йилга янги ном бериш анъанаси Нуриддин Аминжон шеърларида ўзига хос бадиий ифодаларда акс эттирилган.

Аннотация

Monografiyada asosiy sabzavot ekinlarini tejamkor sug'orish usullarida Egatlab sug'orish usuliga nisbatan Yomg'irlatib, tomchilatib va er ostidan sug'orish usullarini sug'orish natijalarida tejalgan suv miqdori, o'sib rivojlanib hosil berishi va iqtisodiy amaradorligi ilmiy asoslab berilgan. Sug'orish usullarni sabzavot ekinlarga ta'siri. Eng tejamkor sug'orish usuli tomchilatib sug'orish usulida tejalgan suv miqdori aniqlandi. Kartoshka, karam, pomidor, bodring va shirin qalampirni tejamkor sug'orish usullarida etishtirish tartiboti va texnologiyasi natijalari ko'rsatilgan....

Аннотация

Пахтачиликни ўзининг севимли соҳаси дея эътироф этган ва бу борада ўзининг биографик тарздаги асарини ёзган Нормурод Холмуродов китобини мазкур соҳа билан қизиқувчиларга, талаба ва тадқиқотчиларга тавсия этади…

Аннотация

O'zlikni anglash, elu yurtning ozod va obodligi, shukronalik hissi so'xlik ijodkor Shodiboy Maxmudjonovni ilxomlantiradi. Uning mashqlari bedorlikka, mehru-muhabbatga undaydi. Bedorlik va mehru muhabbat bor joyda esa yuraklar birlashadi.

Аннотация

"Chiroyli, yoqimli tasvirlangan devoriy rasmlar va yurtimizning tarixiy shaxslari, oddiy mehnatkashlari, go'zal tabiat va obidalar aks ettirilgan badiiy asarlar taniqli rassom monumentalist mo'yqalamiga mansub bo'lib, tinimsiz ijodiy izlanish yo'lidan borayotgan Rustam Hudoyberganovga taalluqlidir. Shuningdek, ko'p yillik pedagog ustoz etishtirgan shogirdlari milliy tasviriy san'atimiz rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqdalar. Tasviriy san'at dargohida ijod qilib, ko'pgina asarlar yaratishdan tashqari o'quv yurtlari uchun yaratgan: «Rangshunoslik», «Rangshunoslik asoslari», «Tasviriy san'atda rang», «Vitraj», «Kompozisiya», «Chizmatasvir kabi darslik va qo'llanmalar muallifidir. Qo'lingizdagi kitobda rassomning ana shu katta davrni o'z ichiga olgan ijodiy faoliyati xaqida hikoya qilinadi.»

Аннотация

Bolalar ertak eshitishni nihoyatda yaxshi ko'rishadi. Sababi, ertaklar ularda ezgulikka intilishni kuchaytiradi. Dunyoni boricha qabul qiladigan bolalar olami – qalblari singari g'uborlardan xoli va pokdir. Bu Nilufar Yoqubovaning ijodida ham yaqqol seziladi. Yosh ijodkorning qahramonlari asosan bolalar bo'lib, ularning aksariyatida ijobiy fazilatlar mujassam. Ushbu kitobdagi ertak va hikoya qahramonlari hamisha o'z maqsadlariga sobit qoladi. Qahramonlar qiyinchiliklardan ortga chekinmasligi, intilishdan charchamasligi bilan ibratlidir.

Аннотация

Ushbu to'plamdagi she'rlar beg'uborligi, mushohadaga boyligi, soddaligi bilan o'ziga xos. Endigina she'riyat olamiga kirib kelayotgan Nilufarning mashqlari kitobxonlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

Аннотация

Буюк олим ва ихтирочи Никола Тесла (1856–1943) илгари сурган кўпгина ғояларни фақат ХХI асрдагина англаб етишди, унинг баъзи бир фикрлари эса ҳамон жумбоқлигича қолмоқда.1895 йилда рўй берган, Тесла тажрибахонасининг кулини кўкка совурган ёнғин тасодиф эдими? Филадельфия тажрибаси, қувватни симсиз узатувчи дунёвий тизим билан боғлиқ воқеалар қандай содир бўлган ва чинданам содир бўлган эдими?Даҳо хотиралари унинг ихтиролари тарихига ойдинлик киритибгина қолмай, балки ўз замонасидан илгарилаб кетган бу афсонавий одамнинг сирларидан бизни воқиф этади.Қўлёзмалар ёнмайди…Қўлёзмалар йўқолмайди…Ушбу китоб саҳифаларида Никола Тесла биз билан замонлар оша мулоқот қилади.

Аннотация

"Mazkur monografiyada oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini milliy g'oya targ'ibotiga tayyorlashning pedagogik asoslari, hozirgi ahvoli va uni takomillashtirish yo'llari, targ'ibotga tayyorlashda axborot-kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish, uning metodikasi va mediata'lim texnologiyasi masalalari ilmiynazariy jihatdan ishlab chiqilgan. Monografiya talabalar, o'qituvchilar, izlanuvchi tadqiqotchilar, milliy g'oya targ'ibotchilari va keng jamoatchilikka mo'ljallangan."