ТОП просматриваемых книг сайта:
Рахим Хушбок
Список книг автора Рахим ХушбокАннотация
"Kitobdan joy olgan doston va she'rlar chuqur falsafiy mushohadaga yo'g'rilganligi, tarixiy ma'lumotlarga boyligi bilan o'ziga xos. She'rlarni o'qiganingizda Vatanga, buyuk ajdodlarga, tarixga nisbatan chuqur hurmat va mehru muhabbatni tuyasiz."
Аннотация
"Ushbu kitob «„Qoramomo hikmatlari“», «„Ko'ndalangyo'l“», «„Ko'zdagi qiyofa“» dostonlaridan iborat. «„Qoramomo hikmatlari“» dostonida momo chaylasi atrofidagi voqelik misolida insoniy tushunchalar haqida so'z yuritiladi. «„Ko'ndalangyo'l“» dostonida xiyonat jazolanib, adolat mukofotlanadigan qadimiy yo'l xosiyatlari rivoyatlarga xos hikoya qilinadi. «„Ko'zdagi qiyofa“» dostonida ayol sha'ni ulug'lanib, uni paymol qilganlarning ruhiyati, hayoti kuyinchaklik bilan tasvirlanadi. Dostonlar sizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz."
Аннотация
"Hushboq Rahim she'r muxlislariga yaxshi tanish. She'rlarining har bir misrasida xalq ruhi, tilimizning boyligi va shiradorligi yaqqol sezilib turadi. Muallifning obrazlari, tashbehlari ham g'oyat xalqchil. Shoirning voqelikka munosabati ham samimiy. U xoh tarixdan, xoh bugungi kundan so'z ochmasin, hamma vaqt insoniylik, go'zallik, adolat va haqiqat tamoyillarini mezon qilib oladi. Qolgan gaplarni to'plamni o'qigach, o'zingiz kashf etasiz, muhtaram kitobxon."
Аннотация
O'ziga xos ta'bi nazmga ega shoir Hushboq Rahim shu kunga qadar chop etilgan bir necha kitoblari, she'ru dostonlari bilan adabiyot ixlosmandlari e'tiborini qozongan. Uning yangi majmuasi yurtimizning qadimiy va navqiron shaharlaridan biri Buxoroi sharif madhiga bag'ishlangan bo'lib, samimiyligi, tashbehlar jozibasi, falsafiy mazmuni ila sizga manzur bo'ladi, deb o'ylaymiz.
Аннотация
"Dostonda xalqimiz boshiga tushgan og'ir, sinovli kunlar haqida hikoya qilinadi. Birgina Bobotog'da bo'lib o'tgan voqealar misolida uning fojiasi ko'rsatiladi. Hushboq Rahim voqelik va kechinmalarni asl holicha jonli tasvirlaydi. Va muallif mahorati shundaki, kitobxon asar qahramonlari taqdiriga kuyunadi, ular bilan yonma-yon yashayotgandek bo'ladi."
Аннотация
"Hushboq Rahimning qaynoq va jozibali she'rlari go'zal va rang-barang rasmlar dastasiga o'xshaydi. Rasmning har bir chizig'i jonlanishga shaylanib turgandek – har bir misra so'zlab yuboradigandek. She'rlarni o'qiganingiz sari shoirning qalb torlari, dard va og'riqlari sizning yuragingizdagi dardlar bilan muloqotga kirishganini sezmay qolasiz. She'riyatning asl ma'nosi ham balki, shunda bo'lsa kerak. Yaxshisi, o'zingiz o'qing, fikrlang, mushohada qiling va muallif bilan do'st tutining. Aslo afsuslanmaysiz. "
Аннотация
Hushboq Rahimning she'rlarida Surxon vohasining go'zal tabiati, sodda va samimiy insonlarning dunyoqarashi, ruhiy holatlari o'z aksini topgan. Shoirning xalq falsafasiga moyil teran fikrlari, ravon tili Sizga ham manzur bo'ladi, degan fikrdamiz, muhtaram she'rxon!
Аннотация
Шоир Хушбоқ Раҳим учун Тошкент воҳасининг маъданга бой тоғу тоши, ҳудуди, қуёшли осмони, набототи, ҳашароти, ҳайвоноти, одамларидан ҳар бири бир дунё, Ўзбекистон пойтахти Тошкент шу дунёлар бешиги. Азалий ва абадий дунёда бири-биридан айро, ички ва ташқи таъсирлардан холи, бетафовут, ўзгармайдиган, ўрни ва вақтда мавжуд бўлмайдиган буюм-ҳодиса йўқ. Қўлингиздаги китоб мавзуси ҳам мазмуни худди шу ташқи олам, ижтимоий ҳаёт, малакали одамлар ҳақида.Тошкент тарихи мозийдан то ҳозирга қадар нияти тоза, мақсади аниқ, иймони собит, маънавияти бутун, тинчликдан манфаатдор кишилар меҳнати ва меҳнат қурол-воситалари тараққиёти тарихидан иборат. «Тошкентим дунёлар –бешиги» Сиз китобхонларга юқоридагилардан, шоир Хушбоқ Раҳим ички қиёфасидан, фалсафий дунёқараши, илмий салоҳияти ва бадиий маҳоратидан сўзласа, неажаб.