Скачать книгу

joydagi eski bo‘yrada… ustod Abdusamad Avval yotgandi!

      Keyin bilsa… mashvarat vaqtida qovoqlaridan qor yoqqan G‘azna ulamolari ularni sotqinlikda ayblashgan, bunga esa Beruniyning qarmatiylar27 rahnamosi imom Ismoil kechmishlari haqidagi bir risolasi sabab bo‘lgan ekan?..

      Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida xizmat qilib yurgan chog‘larida pinhona yozilgan bu risolani dunyoda faqat bir odam, u ham bo‘lsa ustod Abdusamad Avval bilar, to‘g‘rirog‘i, risola o‘zi ustodning iltimosiga binoan yozilgan edi. Yoshlik chog‘larida badavlat padarining badavlat xonadonini tark etib, tabiblik bilan kun kechirgan ustod Abdusamad avval yolg‘iz imom Ismoilni tan olar, haq yo‘lida esa tariqatdan boshqa hamma narsani inkor etardi! U namozni birda o‘qisa, birda o‘qimas, ro‘zani ham birda tutsa, birda tutmas, ammo bir burda non topsa yo‘qsillar va yetim-yesirlar bilan baham ko‘rardi. U faqir hujrasida zohidlik qilib, yo‘qlab kelgan bitta-yarimta kasallarni davolar ekan, hech kimdan tap tortmay:

      – Qur’oni karim nedur? – deb xitob qilar va o‘zi javob berardi: – Adlu haqiqatdur! Gunohi kabir nedur? Zebi ziynat va ayshi ishratdur! Savobi azim nedur? Mehri shafqat-dur! O‘zing yanglig‘ bandalarni suymoqdur! Baloyi nafsni tiymoqdur!..

      Ustod Gurganjda, o‘z kulbayi vayronasida o‘tirib, kelgan-ketganlarga o‘z e’tiqodini bayon etarkan, birovlar uning va’ziga quloq solsa, birov quloq solmas: ko‘plar uni tarkidunyo qilgan bir devona deb hisoblar edi. Lekin bir qarashda g‘arib ko‘ringan bu chol faqat tabobat emas, boshqa ilmlar bobida ham tengsiz edi!

      Tarki odat amrimahol, deganlaridek, ustod G‘aznaga kelgandan keyin ham o‘z odatini qo‘ymadi, hech kimdan tap tortmay o‘z so‘zini so‘zlayverdi. U hatto o‘sha kuni, Ko‘shki davlatda bo‘lgan sulton G‘aznaviy mashvaratida ishtirok etgan kuni ham, ketayotganlarida, egniga yopilgan kimxob to‘nini yechib tashlab ketgan va uning zindon qilinishiga bu mislsiz «takabburligi» ham sabab bo‘lgan edi!

      O‘shanda, mana shu zil-zalvar eshik ochilib, Beruniyni bu tor qafasga itarib yuborishganlarida, ustod bo‘yraga tiz cho‘kib, namoz o‘qib o‘tirardi. Toat-ibodatga birda rioya qilib, birda rioya qilmaydigan ustod eshikda Abu Rayhonni ko‘rib «yalt» etib qaradi. Osoyishta sersoqol yuzida kishini rom qiluvchi bir shiddat, o‘siq qoshlari tagiga yashiringan sinchkov nigohida o‘zgacha bir qat’iyat.

      – Yodingda bo‘lsin, Abu Rayhon! Imom Ismoil… – tangri uning qabrini munavvar etgay! – Imom Ismoil tariqati to‘g‘risidagi risolani kamina bitganmen! Sen emas, kamina bitganmen! So‘zimni angladingmu, Abu Rayhon!

      Beruniy beixtiyor boshini xam qilib:

      – Bu so‘zga kim inonadi, ustod? – deb so‘radi. – Risolaga kaminaning nomi bitilgan.

      – Yo‘q, faqir sening nomingni o‘chirganmen. Ne chora? Gurganjdan kelgan munofiq bir hamyurtimiz, sababi baxillik, ig‘vo qilmish! Yodingda bo‘lsin – sen yoshsen, kamina esam, yoshimni yashab, oshimni oshab bo‘lganmen.

      – Ustod!

      – Bas! – chol, to‘satdan oldidagi qora qumg‘onni olib, yerga gursillatib urdi. – Agar bu tilagimni bajo keltirmasang bergan ilmimga rozi bo‘lmasmen!

      Beruniy arang boshini ko‘tarib, qora qumg‘ondan bir qultum suv ichdi, hamon ko‘z oldida turgan to‘rtta dorni haydamoqchi bo‘lib yana ko‘zini yumdi, lekin bu voqea go‘yo o‘n uch yil avval emas, xuddi kuni kecha bo‘lib o‘tganday, sira nigohi oldidan ketmas edi.

      Ustod, egnida oq kafan kabi uzun bo‘z yaktak, yalang bosh, yalang oyoq baland dor tagida turipti, taqir qirilgan ulkan boshini baland ko‘tarib, ko‘krak kerib turipti, osoyishta chehrasida, ko‘kka tikilgan o‘tkir ko‘zlarida na qo‘rquv bor, na iztirob!

      Ana, osmoni falakni zir titratgan nog‘oralar gumburiyu karnay sadolari ostida darvoza ochilib, saroydan… bir yonida vazir-u vuzaro, bir yonida qozi Sayid, sulton Mahmud ko‘rindi. Qilich yalang‘ochlab, ot o‘ynatgan yuzlarcha sarbozlar qurshovida sulton dor ro‘parasidagi ulkan marmar supaga chiqdi, chiqishi bilan Ko‘shki davlat maydonini zir titratgan nog‘oralar gumburi, osmoni falakni larzaga keltirgan karnay sadolari tinib, dengizday guvullagan olomon birdan suv quyganday jim bo‘ldi.

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «ЛитРес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

      1

      Dorussaltana – poytaxt.

      2

      Afshon shol – qadimiy G‘azna mahallalaridan biri.

      3

      Gurganj – qadimiy Xorazm poytaxti.

      4

      Jayhun – Amudaryo.

      5

      Qiyot (Qot) – Beruniy tug‘ilgan qadimiy shahar.

      6

      Nasroniy dini – xristian dini.

      7

      Ishtiboh – shubha.

      8

      Tavahhum – vahima.

      9

      Shami shabiston – bu yerda umr shami ma’nosida.

      10

      Zoyicha – goroskop.

      11

      Ilmi nujum – astrologiya.

      12

      Ilmi riyozat – matematika.

      13

      Sultoni muntasir – yengilmas sulton.

      14

      Chin – Xitoy.

      15

      «Alfiya shalfiya» – Sharqning mashhur erotik dostoni.

      16

      Mushrif – elchi, maxsus davlat nazoratchisi.

      17

      Ariz – harbiy devon sohibi, vazir.

      18

      1030-yil fevral oyining oxiriga to‘g‘ri keladi.

      19

      Ibn Sinoni shayx ur-rais, ya’ni allomalar raisi, deb ataganlar.

      20

      Ustoz Ibn Sinoning sodiq shogirdi,

Скачать книгу


<p>27</p>

O‘rta asrlarda diniy g‘oyalar vositasida feodal zulmiga qarshi qaratilgan kurashchilar oqimi.