Скачать книгу

Bu yerda shifokorlar menga kamida oltita operatsiyani va’da qilganliklarini hisoblab chiqdim.

      – Ehtimol, sen ularni ilhomlantirarsan…

      – Aqlga sig‘maydi.

      – Lekin nima uchun ular shunchaki mening o‘lib qolishimni aytishmaydi?

      Shunda Bekon kasalxonadagi hamma kabi karaxt ahvolga tushgandi. Agar sen bu yerda «o‘lim» so‘zini aytsang, hech kim buni eshitmaydi. Ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin, u qandaydir teshiklarga uchib ketadi, chunki ular darhol boshqa narsalar haqida gapira boshlashadi. Men buni hammada sinab ko‘rdim. Roza buvidan tashqari.

      Shunday qilib, bugun ertalab uni sinab ko‘rishga qaror qildim.

      – Roza buvi, o‘ylashimcha, hech kim menga o‘layotganimni aytmoqchi emas.

      U menga qaradi. Agar Roza buvi barcha kabi javob bersa, nima bo‘ladi?

      Yolvoraman, langedoslik bo‘g‘uvchi ayol, taslim bo‘lma, karaxt insonga aylanma!

      – Oskar, bu shundoq ham ma’lum bo‘lishiga qaramasdan, nima uchun senga buni qayta eslatishlarini istayapsan?

      Uf-f! U meni eshitdi.

      – Menimcha, Roza buvi, insonlar aslida, boshqa shifoxona ixtiro qilgandek. Ular o‘zlarini kasalxonaga faqat shifo topish uchun yotiladigandek tutishga harakat qilishadi. Lekin bu yerga o‘lish uchun ham keladilar-ku!

      – Sen haqsan, Oskar. O‘ylashimcha, xuddi shu xatoni hayotga nisbatan ham takrorlaydilar. Hayotning zaif, nozik, o‘tkinchi ekanligini unutamiz gohida. Boqiy yashaydigandek o‘zimizni har tomonga uramiz.

      – Mening operatsiyamdan yaxshi natija chiqmadi, shundaymi, Roza buvi?

      Roza buvi javob bermadi. Bu uning «ha» degan javobini anglatadi.

      Uni tushunganimga ishonch hosil qilgandan so‘ng, men tomonga egildi va yolvorgandek dedi:

      – Men senga hech narsa aytmadim. Qasam ich!

      – Qasam ichaman.

      Biz yangi xayollarimizni hazm qilish uchun bir zum jim qoldik.

      – Oskar, – dedi u birdan, – Xudoga maktub yozsak-chi?

      – Yo‘q, faqat siz emas, Roza buvi!

      – Nega? Nima uchun men emas?

      – Siz emas! Men siz aldashingiz mumkin emas deb o‘ylagan edim.

      – Chindan, seni aldamayapman, axir.

      – Bo‘lmasa siz nima uchun Xudo haqida so‘z ochdingiz? Men Qorbobo haqidagi ertakni eshitganman. Shuning o‘zi yetarli!

      – Lekin Oskar, Xudo va Qorbobo o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q.

      – Yo‘q, bor. Bu aynan bir narsa. «Aqlni chalg‘itish» kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati!

      – Tasavvur qilyapsanmi, men maydonda o‘ttiz yil umrimni sarflab, bir yuz oltmish besh janglarimdan bir yuz oltmishtasida g‘alaba qozonib, ulardan qirq uchtasida nokautda zafar quchganimdan so‘ng, men – langedoslik bo‘g‘uvchi ayol bir soniyaga bo‘lsa ham Qorboboga ishonishim mumkinmi?

      – Yo‘q!

      – Shunday qilib, men Qorboboga ishonmayman, Xudoga ishonaman.

      – Nima uchun Xudoga yozishim kerak? – so‘radim uning so‘zlaridan ilhomlanib.

      – Shunda o‘zingni unchalik yolg‘iz sezmaysan.

      – Siz ko‘proq ishonadigan mo‘jiza bilan unchalik ham yolg‘izlikni his qilmaymanmi?

      Roza buvi boshim tomon egildi.

      – Xudoga ishonishing bilanoq, u har safar avvalgiga qaraganda senga yanada yaqinroq kelaveradi. Unga sabr-toqatli ekanligingni ko‘rsat va u albatta, sen uchun mavjud bo‘ladi.

      – Unga nima haqida yozishim kerak?

      – Ichingdan kechayotgan fikrlaringni ishonib topshir. Aytilmagan fikrlar zararli, ular senga og‘riq berishi, xafa qilishi, harakatchanlikdan mahrum etishi va yangi fikrlar tug‘ilishiga imkon bermasligi mumkin. Agar ularni tashqariga chiqarmasang, u holda miyang eski fikrlarning badbo‘y hidli axlatxonasiga aylanib qoladi.

      – Xo‘sh, shunday deb aytaylik…

      – Keyin, shuni bilki, Oskar, Xudoga murojaat qilganingda, har safar faqat bitta narsani so‘rashing mumkin. Yodingda bo‘lsin, faqat bitta!

      – Roza buvi, sizning Xudoyingiz shunchalik kuchsizmi? Olovuddin o‘zining jin chirog‘iga uchta tilagini aytishi mumkin edi.

      – Axir, butun hayoting uchun uchta tilakdan ko‘ra, har kuni bitta tilaging bo‘lgani yaxshi emasmi, Oskar?

      – Mayli. Shunday qilib, men undan istagan narsamni so‘rashim mumkin, shundaymi? O‘yinchoqlar, konfetlar, mashina…

      – Yo‘q, Oskar. Xudoni Qorbobo bilan adashtirma. Sen undan faqat ichki hissiyotlaring bilan bog‘liq orzularing haqida so‘rashing mumkin.

      – Masalan?

      – Masalan: jasorat, sabr-toqat, ma’rifat haqida.

      – Ha, tushunarli.

      – Bundan tashqari, Oskar, sen undan boshqalarga ham rahm-shafqat ko‘rsatishini so‘rashing mumkin.

      – Unaqasi bo‘lishi mumkin emas, Roza buvi, kuniga faqat bitta tilak bo‘lsa – men uni aniq o‘zim uchun saqlab qo‘yaman!

      Shunday qilib, Xudojon, bu mening senga atalgan birinchi maktubim edi. Dastlab senga meni tibbiyot uchun to‘siq deb ko‘rishuvchi joy – shifoxonada qanday hayot kechirayotganim haqida qisqacha aytib berdim. Endi sendan aniqlik kiritishingni so‘rayman: men tuzalib ketamanmi? Javob ber: ha yoki yo‘q. Bu unchalik qiyin emas shekilli. Ha yoki yo‘q. Keraksiz narsalarni o‘chirib tashladim.

      Ertagacha. O‘pib qolaman,

      Oskar.

      P.S. Menda manziling yo‘q, senga qanday qilib xat jo‘natsam bo‘ladi?

      Xudojon!

      Qoyil! Kuchli ekanligingga ana endi chindan ishondim. Senga xat yuborishga ulgurmasimdan avval, javob oldim. Qanday qilib buning uddasidan chiqasan?

      Bugun ertalab Eynshteyn bilan xollda shaxmat o‘ynayotganimda, Popkorn meni ogohlantirish uchun oldimizga kirib o‘tdi.

      – Ota-onang shu yerda.

      – Ota-onam?! Ishonish qiyin. Ular faqat yakshanba kunlari kelishardi-ku!

      – Men ularning mashinasini ko‘rdim, yuqorisi oq rangli qizil jip.

      – Bo‘lishi mumkin emas.

      Hayron bo‘lib, shaxmat taxtasi oldiga qaytib keldim. Ammo diqqatimni jamlay olmadim, bundan tashqari, Eynshteyn sipohlarimni yengib oldi va bu meni yanada ko‘proq g‘azablantirdi. Uning ismi boshqalarga qaraganda aqlli bo‘lib eshitilgani uchungina Eynshteyn emas. Yo‘q. Shunchaki uning boshi biznikiga nisbatan ikki barobar kattaroq. Aytishlaricha, u yerda, ya’ni Eynshteynning boshida suv bor ekan. Afsuski, bu aynan miyada sodir bo‘lgan, aks holda Eynshteyn aql bovar qilmas narsalarni amalga oshirishi mumkin edi…

      Musobaqamiz mag‘lubiyat sari ketayotganini ko‘rib, o‘yinni to‘xtatdim va Popkornning ortidan oynalari avtoturargohga chiquvchi xona tomon yugurdim. U haq edi: aniq ota-onam kelishgan.

      Senga shuni aytishim kerakki, Xudojon, uyimiz bu yerdan uzoqda joylashgan. Men u yerda yashaganimda buni tushunmasdim, lekin endi, uyda yashamayotganligim uchun, uyimiz bilan kasalxona orasidagi masofa haqiqatan ham uzoqdek tuyuladi. Bundan tashqari, ota-onam haftada faqat bir kun, yakshanba – dam olish kunlari meni ko‘rgani kelishlari mumkin.

      – Xo‘sh, kim haq ekanligiga ishonch hosil qildingmi? – dedi Popkorn. – Ota-onang ko‘rgani kelishganini aytganim uchun menga nima berasan?

      – Menda yong‘oqli shokolad bor.

      – Qulupnaying

Скачать книгу