Скачать книгу

uchun, Olxo‘rili Zapekankani olaylik, irlandiyalik raqibimni – och qoringa – bir yuz ellik kilogramm chiqadi, bu hali ichimlik ichishidan avval. U har doim menga: «Kechirasan, lekin o‘lishni istamayman, rozi emasman, bunga imzo chekmaganman», derdi. U adashgandi. Axir hech kim uni hayot abadiy bo‘lishi kerakligiga ishontirmagan, hech kim! Lekin o‘zi bunga qattiq ishonar, isyon ko‘tarar, ketishning muqarrarligi haqidagi fikrlarga qarshi chiqar, g‘azablanardi. Natijada tushkunlikka tushdi, vaznini yo‘qotdi. Kurashni tark etdi, o‘ttiz besh kilogina yuk bosadigan bo‘ldi, xuddi baliq skeletlari kabi va oxir-oqibat, sinib qoldi. Tushunyapsanmi, u o‘ldi, dunyodagi hamma kabi vafot etdi, lekin o‘lim haqidagi fikr uning hayotini zaharlagandi.

      – Olxo‘rili Zapekanka ahmoq bo‘lgan ekan, to‘g‘rimi, Roza buvi?

      – Qishloq kulebyakasi2 kabi. Lekin buni juda kam uchraydi deb ham bo‘lmaydi. Odatda, tez-tez uchrab turadigan holat.

      Bu o‘rinda men Roza buvining fikrini ma’qulladim va unga to‘liq rozi bo‘ldim.

      – Odamlar o‘limdan qo‘rqishadi, chunki ular noma’lumlikdan qo‘rqishadi. Lekin noma’lumlikning o‘zi – aslida nima? Oskar, men senga qo‘rqmaslikni va ishonishni taklif qilaman. Xochga mixlangan Xudoning yuziga qara: u chekayotgan jismoniy azoblariga sabr qilmoqda, lekin ruhiy azobni boshdan kechirmayapti, chunki uning ishonchi bor. U «Bu menga og‘riq yetkazmoqda, lekin bu ruhiy og‘riq yetkaza olmaydi», deya o‘ziga o‘zi takrorlaydi. Mana shunday! Ishonch keltiradigan yaxshilik aynan shunda. Men senga aynan shuni ko‘rsatmoqchi edim.

      – Mayli. Roza buvi, agar qo‘rquv meni yengib chiqsa, ishonchni uyg‘otishga harakat qilaman.

      U meni quchoqladi. Aslida, Xudojon, men ushbu bo‘sh cherkovda, sening yoningda o‘zimni juda xotirjam, juda yaxshi his qilardim. Xonaga qaytib kelgach, uzoq vaqt uxladim. Kundan kunga yanada ko‘proq uxlayapman. Go‘yo hech qachon uxlamagandek. Uyg‘onganimdan keyin Roza buviga aytdim:

      – To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, noma’lumlikdan qo‘rqmayman. Tanigan insonlarimni qachondir yo‘qotishim meni qiynoqqa solmoqda.

      – Fikringga qo‘shilaman, Oskar. Moviy Peggini birgalikda choy ichishga chaqirmaymizmi?

      Rozi bo‘ldim. Moviy Peggi ham biz bilan choy ichdi, ular Roza buvi bilan juda tez til topishdi, bizni Roza buvining Jiklett opa-singillari bilan bo‘lgan jangi haqidagi hikoya juda qiziqtirdi, bu bir kishi o‘rniga o‘tishga harakat qilgan uch opa-singillar to‘g‘risidagi hikoya edi. Har bir turdan so‘ng, opa-singillardan biri raqibini holdan toydirgandan so‘ng, hojatga borishi kerakligini bahona qilib ringdan sakrab chiqar va singillari bilan o‘rin almashardi. Ular bu ayyorlikni har safar takrorlashardi.

      Muxlislar faqat bittagina charchoq bilmas Jiklett borligiga ishonardilar. Roza buvi ularning hiylalarini fosh qilishga muvaffaq bo‘lgan, u raqibining ikki singlisini hojatxonaga qamab, kalitni derazadan tashqariga tashlab yuborgan; qolgani bilan esa jangni oxirigacha davom ettirgan.

      Keyin Roza buvi ketdi. Hamshiralar men va Peggiga xuddi hozir portlaydigan bombalarga qaragandek qarashardi. Axir men o‘ttiz yoshga to‘ldim!

      Shunaqa gaplar, Xudojon. Bugun sendan nima so‘rashni bilmayapman, chunki bugungi kun ajoyib edi. Ha, aytgancha, ertaga Moviy Peggining operatsiyasi yaxshi o‘tishi uchun biror narsa qil. Meniki kabi emas, nimani aytayotganimni tushunayotgan bo‘lsang kerak.

      Ertagacha. O‘pib qolaman,

      Oskar..

      P.S. Menimcha operatsiyalar ruhiy azoblarga taalluqli emas, ehtimol, buning yechimi sening manzilingda topilmas. U holda operatsiya natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Moviy Peggi uni yaxshilik sifatida qabul qilishini istayman. Men senga ishonaman.

      Xudojon!

      Bugun Peggini operatsiya qilishdi. Men bu orada o‘n dahshatli yilni o‘tkazib yubordim. O‘ttizdan oshgan kishiga qiyin, bu – ayni tashvishlar va javobgarlik yoshi.

      Aslini olganda, Peggi bu kecha umuman oldimga kela olmasdi, chunki navbatchi hamshira madam Dyukryu uni anesteziyaga tayyorlash uchun palatada qoldi. Peggini soat sakkizda zambilga yotqizishdi. Uni qanday olib ketishayotganini ko‘rib, yuragim pora-pora bo‘ldi. Peggi juda kichik va ozg‘in bo‘lib, zumrad-yashil choyshablar orasidan uni ajratib olish qiyin edi, hatto.

      Конец ознакомительного фрагмента.

      Текст предоставлен ООО «Литрес».

      Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на Литрес.

      Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.

      1

      Professional kurashning bir turi.

      2

      Kulebyaka – cho‘zinchoq katta somsa.

/9j/4AAQSkZJRgABAQEASABIAAD/2wBDAAMCAgMCAgMDAwMEAwMEBQgFBQQEBQoHBwYIDAoMDAsKCwsNDhIQDQ4RDgsLEBYQERMUFRUVDA8XGBYUGBIUFRT/2wBDAQMEBAUEBQkFBQkUDQsNFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBQUFBT/wgARCAPoAoUDASIAAhEBAxEB/8QAHQAAAAcBAQEAAAAAAAAAAAAAAAECAwQFBgcICf/EABsBAAMBAQEBAQAAAAAAAAAAAAABAgMEBQYH/9oADAMBAAIQAxAAAAHsGHn0U6Wu8xO1OcwE6ZmQTQYSAMgkDIBBAJQogVSYSAMELAaBNGCDFBAJWSQCgkFmaQCgkAoiAKCQBkAABAgwkgcCSQs0BiwghLNo03DbDbgQBmpCZl0IALIgCjQAcJABYQYLCTTUCCRhIEoJDFKbPQWEhrEytFmOTvkbHJ6x4GRjXFBr05WbZvabXKOSHJpIFZF2SY7wLTERROAAAQJbFkRoAhzGEIU0YAIDAAAQZoGBCCaTToGAAAAAAJAFEBE0AACQAWGlgZpNChBmMWSVFkpLUxIBAoG2oFAgSYMwAAmgtBiMAxJCkiAM2EaVaACgiRgOgc7y6rrU5rSrMgBrNTqsbuO3xedpVF9TwNyxTaLxfq4ed0Vdh219VrEIo6rYnRnNAzODGWVq2OkfvG6M6jVV8jNNfyAhMW5Cz0yRIHTKtkiqkT5UlK+HqGGbR2R/HbqDRVLkvSZq5nFRUOzK2S3rdBEoz79ymSnsI9nRWQNIaVTYy0N56SLKTOOaJQZfTCQigg6zPsv8zq6KRdVqZAZKa8oKzYV9gSYAGCUHIAFhgBknm/R+cY9ek0VDfrJIA1nFSdDz36H4uVWWPT9+FlqZA+X++KPHhu0XGDtgtX8rODRniJY9eMzQi6LW1kgLo8Xajm2GQeHpXMfIJ1NflpqNUMwEaF7FKp617IWkK7EbOs1dfWQg2Ay1ZT3Yx0uS9Zy18F21kbYL0UNYLY1rNBT254SwDVigZlaUZOOGkZq4QbgYxpG5LEWKJ9tz7oNDxGJCMBgBgCADklA2EDOggoCf5p0vm2HbsLaqtTnAA1SkLbcmQKWCMmEAbEgwMiUQN57TEDCnSBCHg20iQQQoV2UqMJCmRo9iQV8h8BDKaAhxbcpUePYEiCqaEQnJJU61c4URY1oTM1eyDRERNMIbkgQoEl0MQ1IFEJ2SeZAcmAI7jgZFW+EMuKAGAdAADZAwkZA2EZipAAzoBQuXeddE57l16a8zWkWRBSdYBGASRkIEAAAAAAgMgYEYNUk1GCAsAgOAGydAMm4AbDoBoOAGTcAkE6BtBYBAWcjYcANE6KGjWAbDgBsLIEGoxNhYlJBnQkGpCAoAkKJBAwwjIwCkmxRA2JMwgABgMjAAKQAYJVg99jF1J2XO+hYi0gdGAS4hqt493Hz3Fdhq9tCZMFBWhsMPdGGO3GH2SNEef0TCYmGnyDccg9EzWD20eYDYZiCsAlDHSfjgoMPgAbqGSblMaCghINY2w4YMk8VDIkExglElV5bd8Yl9nN1VLHx+d94FkoM2iS1F9lNKx0OxmOFDfBxpMknEbSNzwrpYgc5DrAjyCQDCCMGwjMVJGYVgAEu0N6g051p8jL5OzoRRZfVwgjTQXmn0x55zvrMbZQajFMz3ytDyLunDU9E6WMl9pvsu4GnPjnVk/PPb+PejprnVjrqcOU1urSLR8w7lx1vbZjf5prnXXsL2ofBtzjelpJwXQ+Xor+l4rtg+E6TPd3FzoYro44EPRZ9rD9v47um63n3TtjIXHO18ZDtIeOo4dm/Q9MOZhOf9EFHyXWuYj3uM6PlRZ3b5vp4cL6jzfrTnmNNfVbrqvHO8cWF2OQDrMjAAGRgAYEAA6MAELSqJOjeD3MLLfN73nVwq14I+jkg826sarL1m8IWSb2Zy43N+qOFYK70zqfEe0SlppYlrmvPfWNaafNNJpwLkK+tBvLcu70SMNTdTAuH9RvgHAbbs5hz3nfoYBwjrl0Yefe9SMoGC6Tm+hDp+JehTF527JpSDzF0DrxBSck7sAaNwmcZ2ezULkqetAeH5z3wBiKDqpBxHpehRU8D6dq22uRudTQTksP2JLmotFQkpptrsMAOQABgAFGACVZvSjHXCs9Ap/O6IOR0rPQ7+ywm86uYyMbQkzOUHCdKJwOzZPBcsnA5NJN1SbIeAMm6QNBwA2TxA0HAJsOAGw4QNhwhoCzBvPaUBAluAGw4AbDgBsOAGw6AaDoBoOgGg6AaDiQSlwhMofQxhqQ1UsNSG3mwlyMPPRJFL893bKLnZXI9icd/6zzRWQI3j9mtNDnscYAGkmATowAgIWB8r31LWc3X0A0OdHIFBwoLNyWbgcmg4Tk0SjNN5aFgQBgEmUMABhFn6Glvgw+AAAAAACbow0AqLcDAEMAAAZAAAAAAAAGBGYABSQBGGIaeZpAlAEJcSJpmQ2FAxW5bxO7dYre1vocmKcva/i1k67nLvbh0Yc+e7cpsA8/8AN+h1CdiR9BxbQc+G99ESpOnKZgIAACLzbqXLseu33XHtJmdCcr7LfnU6l1UbhORZqCkyUSgcUlQAjIDSoQ04nbeRx1nqLzL63H469l/Pr1Y110AVIAAF489iePYqk9u+IPb4yAFyYAgAAAAAAAABkbDAFIyMgAAlpadZpGDUJCSwPNpusthepSYqr6q3vPMabbVfy3fSdCy239HkxmW0lf5Xo79Tkb7TxGq6TUaaqrYbWO7IvxD3ABdfnG

Скачать книгу


<p>2</p>

Kulebyaka – cho‘zinchoq katta somsa.