Скачать книгу

yuridik vajismoniv shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texni kaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarni qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.

      4. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayonining ilmiy-tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy-tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning. ilmiy-pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqeyi va obro‘sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi».

      Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan: «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi».

      5. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi. kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi.

      «Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijasida kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi».

      «Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o‘quv yurtlarini moliyalash jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy faolligini rag‘batlantiradi, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi».

      Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan foydalanuvchi iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgaradi. Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisba- tan o‘z talablarini qo‘ya oladi. Shu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni tayyorlab. yetishtirish yo‘lida uzluksiz ta’lim hamda fan tarmoqlarining moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash majbariyatini o‘z zimmasiga oladi. Shu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol ishtirokchisiga aylanadi.

      Milliy model Konsepsiyasining mazmuni o‘zbek xalqining milliy turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq orasida qadimdan «ma’rifatli inson» tushunchasi qo‘llanib kelingan bo‘lib, u o‘zida keng ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatchilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni paytda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi.

      Shuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun mohiyati o‘zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog‘lanib ketgan.

      1.3. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar

      O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro sifatida yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak».

      Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglashiladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi zarur?

      O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi.

      O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunining 5-moddasi 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

      O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

      1. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.

      2. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.

      3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi lozim.

      4. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.

      5. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

      6. O‘qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.

      7. O‘qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomima, jest) qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olishga erishishlari lozim.

      8. O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak:

      a) nutqning to‘g‘riligi;

      b) nutqning aniqligi;

      d) nutqning ifodaviyligi;

      e) nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib, faqat adabiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan tillardan o‘zlashgan so‘zlar), vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (oini bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) so‘zlardan xoli bo‘lishi, o‘qituvchining nutqi sodda va tushu narli bo‘lishi;

      t) nutqning ravonligi;

      g) nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar va ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish).

      9. O‘qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o‘zlashtirishga erishishi lozim.

      10. O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.

      Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

      1. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunining mazmuni nimadan iborat9

      2. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» necha bosqichda amalga oshiriladi.

      3. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?

      4. Uzluksiz ta ‘lim tizimi qanday bosqichlardan iborat?

      5. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining farqi mmada?

      6. Oliy

Скачать книгу