Аннотация

Aziz kitobxon! Qo'lingizdagi ushbu to'plam muallifning ilk kitobi. Undagi hikoya va ertaklarda bolalikning beg'ubor olami aks etgan. Yovuzlik ustidan ezgulik tantanasi, ishonavering, albatta, sizni benihoya hayajonlantiradi. Yosh iste'dodning hikoya va ertaklaridan zavqlanish – o'zingizga havola.