Аннотация

Munavvara Tillaboyeva ijodi bugun ko'pchilikka tanish. Shoiraning bolajonlarimizga atalgan navbatdagi she'riy majmuasi yosh kitobxon do'stlarimiz uchun haqiqiy sovg'a bo'ldi, desak, mubolag'a emas.Turli mavzularni o'z ichiga qamrab olgan mazkur to'plam ilk maktab yoshidagi o'quvchilarning she'r, ertak, masal va hikoya o'qishga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Qolaversa, kitobdan o'rin olgan har bitta she'r shunday jozibaga egaki, bolajoningiz uni bir o'qishdayoq yod olishga ulguradi.Maroqli mutolaa tilaymiz, sizga!