Аннотация

Odil Yoqubovning ushbu asari 1982-yilda yozilgan. Oradan o'ttiz uch yil o'tib, uni qayta nashr etishimizdan maqsad – ulug' allomalarimiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyatini bugungi kun o'quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma'naviy saboq olishga qaratilgan.Adib asarda ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha bo'lgan davrni jonli va rangli bo'yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Har ikki ulug' ajdodimizning hayoti va fojiali taqdiri bugungi kun o'quvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

Аннотация

Одил Ёқубов – ўтган асрнинг олтмишинчи -етмишинчи йиллари ёшларининг севимли адибларидан бири эди. «Биллур қандиллар», «Муқаддас», «Муҳаббат» каби қиссалар ўша давр ўқувчиларининг ахлоқий ва маънавий тарбиясига ижобий маънода таъсир этган, десак хато бўлмайди. Асарларнинг барчасида ёшлар ўртасидаги муҳаббат мавзуси етакчилик қилади. Чин севги, поклик ва ҳалоллик, муҳаббатга етишиш йўлидаги худбинликлар, хиёнат каби муносабатлар ўқувчини асар моҳиятини билишга ундайди. Худбинлик ва ноҳалоллик ҳукм сурган жойда муҳаббат сўнади, ҳатта ўлади. Меҳр ва виждонлилик муҳаббатга етказади. Яшашнинг мазмуни муҳаббат билан сайқал топади. Шу боисдан Одил Ёқубов асарлари бугунги кун учун ҳам, келажак учун ҳам ибратли бўлиб қолаверади.

Аннотация

Odil Yoqubovning roman va qissalari o 'quvchilar orasida keng shuhrat qozongan. Ularda hayotiy haqiqatlar, xarakterlar to'qnashuvi, keskin konfliktlar yorqin aks ettiriladi. Jumladan, mazkur kitobdagi qissalarda ham o'zaro insoniy munosabatlar yorqin va jonli ifoda qilingan.

Аннотация

Аннотация

Аннотация

O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning «Ulug'bek xazinasi» nomli asari siz o'quvchilarga yaxshi tanish. Asarda bobokalonimiz Muhammad Tarag'ay Ulug'bekning shaxsiy hayoti, fojiaviy qismati haqida hayajon bilan hikoya qilinadi.