ТОП просматриваемых книг сайта:
Каххор Абдулла
Список книг автора Каххор АбдуллаАннотация
Абдулла Қаҳҳорнинг 30-йиллар ижодида унинг биринчи романи – «Сароб» муҳим ўринни эгаллайди. Ёзувчининг ушбу романи бош қаҳрамон Саидийнинг фаолиятини кўрсатишга қаратилган, яна унда 20-йилларнинг 2-ярмидаги ўзбек халқи ҳаётининг маиший, этнографик, иқтисодий ва маънавий манзаралари яққол акс этиб туради."Сароб" кенг мавзули роман бўлгани учун ёзувчи ўзининг бадиий ниятини яланғоч ҳолда кўрсатмай, уни шу давр ҳаётининг бошқа манзаралари кўринишида реаллаштиришга уринган. Воқеалар тасвирида ёзувчи ҳаёт ҳақиқатини сақлаб қолган.
Аннотация
Abdulla Qahhor hikoyalari teran mazmun-mohiyati, voqealar tasvirining rang-barangligi hamda ifoda tilining ravonligi bilan ajralib turadi. Qaysi hikoyasini o'qimang, asar syujetidagi achchiq haqiqat hajv pardasiga shunday mohirona o'rab berilganki, ham kulasiz, ham kuyasiz. Adib asarlarining ta'sirchanligi va umrboqiyligi ham shunda. Hukmingizga havola etilayotgan hikoyalar to'plami umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari, akademik litsey va o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari hamda keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan
Аннотация
Абдулла Қаҳҳорнинг илк ҳикоялар тўплами 1932 йилда чоп этилган. Бугунгача бўлган давр мобайнида ўзбек адабиётида, жумладан, ҳикоянависликда жуда кўп асарлар яратилди. Сара ҳикоялар, дея эътироф этилган бир қанча ижод намуналари ўқувчилар ҳукмига ҳавола этилди. Аммо Абдулла Қаҳҳор ҳикоялари йиллар чиғириғини писанд этмай, ҳамон севиб ўқилади. Адиб қаҳрамонлари ўқувчи учун қадрдон ва ардоқли. Мутолаадан кейинги танаффусда Унсин учун қайғурамиз, Туробжоннинг хотининга анор илинамиз, Қобил бобога таскин бергимиз келади, минг бир жонли Мастура ва унинг вафодар эри Акромжонга ҳавас қиламиз. Содда ва камтар инсонлар сизни суҳбатга чорлайди. Беихтиёр яна мутолаага ўтирасиз. Абдулла Қаҳҳор ҳикояларида ана шундай оҳанрабо бор…
Аннотация
Qo'lingizdagi ushbu kitobda badiiy so'z ustasi Abdulla Qahhor hikoyalari va bir qissasi jamlangan. Yozuvchi ixcham va kichik hajmli hikoyalarda murakkab xarakterli insonlar obrazini yaratadi. Bir necha avlodlar tomonidan sevib o'qilgan va bu gun ham sevimli bo'lib qolayotgan ushbu asarlar sizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.
Аннотация
Halqimizning sevimli adibi, HH asr o'zbek madaniyati va adabiyoti rivojiga munosib hissa qo'shgan O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor (1907–1968) ijodiy merosi ko'plab jihatlari bilan hamon ardoqlidir. Yozuvchi asarlari hayotlik chog'ida va keyinchalik ham bir necha marta chop etilgan. Lekin ushbu kitob avvalgi nashrlardan farq qiladi. Avvalo, muallifning uch jildlik saylanma asarlar to'plamini nashrga hozirlash rejalashtirilgan.1-jild: Qissalar. 2-jild: Sarob (roman). 3-jild: Hikoyalar.Ular adib asarlarining qo'lyozma va bosma nusxalari qiyosi borasidagi tadqiqlar natijasida hozirlanadi hamda ilk bora yozuvchi asarlarining ilmiy-akademik nashrlari sifatida taqdim etiladi. Mazkur ilk jildga esa muallif qalamiga mansub to'rt qissa jamlandi. Har to'rt qissa matni kerakli ilmiy izohlar bilan ta'minlandi. Qissalar matni uchun asos bo'lgan qo'lyozma va nashr nusxalari shartli nomlanib, matn osti izohlarida muallif asl matni va uslubiga xilof ravishda keyinchalik o'zgartirilgan o'rinlar ko'rsatib ketildi. Muhtaram o'quvchilardan 1-jild yuzasidan fikr-mulohazalarini kutib qolamiz.