ТОП просматриваемых книг сайта:
Айтматов Чингиз
Список книг автора Айтматов ЧингизАннотация
«Туркий дунё Алишер Навоийдан қарийб 500 йил кейин адабиёт чўққисига Чингиз Айтматовни олиб чиқди», – деган фикрни бугун бирор бир адабиёт ихлосманди инкор этмайди.Асарлари дунёнинг 180 тилига таржима қилинган ва турли миллат вакилларини инсонни улуғлашга чорловчи қадриятлар атрофида бирлаштирган ёзувчи ижодига китобхон халқи қайта ва қайта мурожаат қилаверади.Эътиборингизга ҳавола этилаётган навбатдаги китобга биз адибнинг «Биринчи муаллим», «Эрта қайтган турналар», «Юзма-юз» қиссалари ҳамда «Байдамтол соҳилларида», «Оқ ёмғир» ҳикояларини жамладик.Асарлардаги қаҳрамонлар тақдири бир-биридан чигал, бир-биридан зиддиятли, айни пайтда китобхон уларнинг ҳеч қайсига бефарқ қаролмайди: худдики, Олтиной ҳам, Дуйшен ҳам, Султонмурот ҳам, Саида ҳам бизнинг ёнимизда яшаётгандек…Жаҳон китобхонларининг эътирофига сазовор бўлган асарлар мутолааси қалбингизда янги дунёларни очишига ишончимиз комил.
Аннотация
Chingiz Aytmatov qissalarida inson va qadriyat ulug'ligi yonma-yon qo'yiladi. Yozuvchi qancha ruhiyat tahliliga kirib borsa, shuncha ajdodlar merosiga e'tibor qaratadi. Shuning uchun ham uning asarlarida inson qismati orqali ruhiyat va qadriyat tushunchasi zimdan kurash olib boradi. Bu jihat sizga taqdim etilayotgan uch go'zal qissada ham aks ettirilgan.
Аннотация
Yozuvchi Chingiz Aytmatov barcha asarlarida bo'lgani kabi, mazkur asarida ham o'z usul an'anasiga sodiq holda muayyan hayotiy voqealar tasvirini rivoyatlar fonida tasvirlaganki, asarni o'qiganimizda, hayot turmush tasviri qayerdan boshlanadi-yu, hayratomuz taxayyul ramzlari, fantastika qayerda tugashini bilmay qolamiz. Adibning «Asrga tatigulik kun» romani ma'naviy-ruhiy poklanish pallasi- da insonga o'z-o'zini anglash darsidan saboq berishi, shubhasiz. Roman qahramonlari siz-u biz, voqealar esa o'tmishimiz va bugunimizdir.
Аннотация
"XX asrning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov bilan taniqli qozoq shoiri, yirik jamoat arbobi Muxtor Shoxonovning samimiy suhbatlari natijasi o'laroq dunyoga kelgan ushbu kitob insoniyatga cheksiz ishonch va mehr-muhabbat mahsulidir. Inson umrining mohiyati – ma'naviy jasorat, inson esa hayotning gultoji. Foniy dunyoda insonga borib taqaladigan chigal muammolar behisob. Bunday muammolarga har bir kishi duch keladi va har kim o'zicha javob izlaydi, o'zicha javob topadi. Abadiyat faqat kelajakmi yoki o'tmish ham, ushbu damlar ham abadiyatmi?… Hullas, mualliflar nozik masalalar to'g'risida nozik fikr yuritadilar va kitobxonni ham fikrlashga undaydilar: O'quvchi Chingiz og'a bilan Muxtor og'aga hamsuhbat bo'lib qoladi, sirdosh bo'lib qoladi. Do'stona uchrashuv muborak bo'lsin, aziz kitobxon!"
Аннотация
Adib nomini ilk bor dunyo miqyosida mashhur qilgan asar, bu – «Jamila» qissasidir. 1958-yilda yozilgan bu qissa 1959-yili rus va fransuz tillarida kitob holida e’lon qilingan, ikki yil ichida sobiq Ittifoq va xorijdagi o‘ttizga yaqin tilga tarjima qilingan. Asarni fransuz tiliga tarjima qilgan Lui Aragon uni «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb baholagan edi. Asarni qunt bilan o‘qisangiz, bunga siz ham amin bo‘lasiz.
Аннотация
Буюк адиб ушбу фалсафий романида бутун сайёра, борингки, космос миқёсида кенг ва узвий мушоҳада юритган. Бугунги шафқатсизлик, ёвузлик, ваҳшийлик уруғларини келажакда қандай даҳшатли мевалар беришини космик юксакликдан башорат қилган…
Аннотация
"Oq kema" qissasi ulug' qirg'iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning ilk asarlaridan hisoblanadi. Shunday bo'lishiga qaramay, ushbu asarda adib ababiy sevgi-muhabbat mavzusida butunlay yangicha qarash bilan yondashgan. Shu tufayli ham qissa avval Yevropada so'ngra boshqa davlatlarda tez orada mashhur bo'lib ketgan.Qissada qirg'iz xalqining o'ziga xos afsona va rivoyatlari ham o'rin olgan.