ТОП просматриваемых книг сайта:
Сидикжон Муминов
Список книг автора Сидикжон МуминовАннотация
Inson mahluqotlar orasida so'zi bilan ajralib turadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy aloqada ekan, kishilarning ma'naviy olamini uning so'zi, nutqi orqali aniq bilib olishimiz mumkin.Chin inson doimo komillikka intiladi. Komillikning asosiy belgilaridan biri madaniy nutqdir. Shuning uchun ham qadimdan butun mashriqu mag'ribda yoshlar nutqini rivojlantirishga, madaniy nutqni shakllantirishga alohida ahamiyat berganlar. Xususan, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul Haqoyiq», Alisher Navoiyning «Hayratul abror», Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma», Abulg'ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asarlarida so'z qadri, so'z qo'llash san'ati, so'z qo'llashning inson hayotida tutgan o'rni haqida ibratli fikrlar bayon qilinadi.