Аннотация

Mazkur kitobchada pedagogikaning muhim bir jihati bo'lmish iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash hamda bolalarda mustaqil fikrlash malakasini shakllantirish tajribalaridan hikoya qilinadi. Muallif ko'p yillik tajribalari asosida olib borgan turli xil ta'lim-tarbiyaviy ishlari haqida xolisanillo so'z yuritadi. Ushbu bitiklar pedagog-hamkasblarga, badiiy ijod hamda iqtidorli o'quvchilar tarbiyasi bilan qiziqqan kitobxonlarga manzur bo'ladi, deb umid qilamiz.