Аннотация

"Mazkur monografiya pedagogika oliy o'quv yurtlarining bo'lg'usi biologiya o'qituvchilarini umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarini tabiat estetikasini anglashga, ularda jonajon tabiatni sevish va ardoqlashga, o'quvchilarning o'simliklar dunyosi estetikasini, o'simliklarni estetik idrok qilishga tayyorlashga; shuningdek, ushbu muammo yechimining didaktik asoslari va tamoyillari, tizimi, mazmuni, texnologiyasi; talabalar bilan auditoriyadan tashqari ishlarda optimal tashkiliy shakllarda, samarali metodlarda, metodik tizimda, metodik sharoitlarda, eng ta'sirchan an'anaviy va innovatsiyali metodikalarda, zamonaviy axborot vositalari istirokida tayyorlashga hamda o'quvchilarning o'ziga xosligi, xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o'rgatishga bag'ishlangan bo'lib, pedagogika oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalari, magistrlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanuvchi ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan."

Аннотация

Биология ва уни ўқитиш методикаси фанидан тайёр­ланган лаборатория машғулотлари педагогика олий ўқув юртлари профессор-ўқитувчилари ҳамда бўлажак биология ўқитув­чилари учун мўлжалланган бўлиб, унда бўлажак биология ўқитувчиларининг мутахассислиги бўйича билим, кўникма ҳамда малака­ларини ошириш, умумтаълим мактаб­лари ДТС, дастур ҳамда дарс­лик­ларини таҳлил қилишга ўргатиш, уларни мустақил изланишлар олиб бориш ҳамда мустақил тажриба ўтказишга тайёрлаш юзасидан тавсиялар берилган.Лаборатория ишланмалари республика педагогика олий ўқув юртлари амалиётида кенг қўлланилиши мумкин.