Аннотация

Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent moliya institutining barcha bakalavriyat yo'nalishlari uchun o'quv rejasi va dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi «Gumanitar fanlar ta'lim yo'nalishi» bo'yicha o'quv – uslubiy komissiya majlisining 3-sonli bayonnoma qaroriga binoan ekspertizaning ijobiy xulosasi asosida chop etishga tavsiya etilgan.

Аннотация

Ushbu monografiya Turkistonning 1917–1918 yillar tarixini o'rganishda muhim bo'lib, unda o'sha yillarda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan chop etilgan milliy matbuot materiallari asosida Turkistondagi milliy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati, ularning o'zaro aloqalari, ya'ni Turkistonning o'sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida keng va atroflicha ma'lumot beriladi. Arab imlosidagi eski o'zbek yozuvida nashr etilgan bu ma'lumotlar mohiyatan qimmatlidir. Ular keng kitobxonlar ommasi e'tiboriga havola etilmoqda.