Аннотация

Toza so'z, haq so'z yurakka tez etib boradi. Ayniqsa, she'riyatga ko'chgan izhoru iqrorlar, beorom qalb o'ylari har qanday o'quvchini befarq qoldirmaydi, nurli kelajak sari ilhomlantiradi. Iste'dodli shoir Abdumajid Azimovning ushbu she'riy guldastasi ana shunday haroratli, rost tuyg'ular sharhi, bayonidir.