Аннотация

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va uning samarali ijro etilishi orqali iqtisodiy islohotlarning yuqori natijalariga erishildi. 0'zbekiston Respublikasining ijtimoiy- iqtisodiy siyosati tubdan o'zgardi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiy rivojlanish, avvalo aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga o'tdi. Harakatlar strategiyasining uzviy davomi sifatida 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi 0'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, jadal iqtisodiy o'sish sufatlarini saqlab qolish, 2030 yilgacha bo'lgan muddatda mamlakatimizni innovatsion jihatdan taraqqiy etgan kuchli elliktalik mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifalari belgilab berilgan. Mazkur holatlaming barchasi iqtisodiy o'sish masalalariga alohida yondashuvni talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur darslikda iqtisodiy o'sish va rivojlanish masalalari o'rganilgan, iqtisodiy o'sishning asosiy tushunchalari, uning omillari va qarama -qarshiliklari tahlil qilingan.Darslik oliy ta'lim muassasalarining Iqtisodiyot mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura talabalari, o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va iqtisodiy o'sish masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Аннотация

2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va uning samarali ijro etilishi orqali iqtisodiy islohotlarning yuqori natijalariga erishildi. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy- iqtisodiy siyosati tubdan o'zgardi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiy rivojlanish, avvalo aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga o'tdi. Harakatlar strategiyasining uzviy davomi sifatida 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, jadal iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, 2030 yilgacha bo'lgan muddatda mamlakatimizni innovatsion jihatdan taraqqiy etgan kuchli elliktalik mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifalari belgilab berilgan. Mazkur holatlarning barchasi innovatsiyalarga alohida yondashuvni talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur o'quv qo'llanmada innovatsiyalar tabiati o'rganilgan, innovatsiyalar iqtisodiyotiga oid asosiy tushunchalar, uning omillari tahlil qilingan.O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining 60310100 -Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha), 60411200 –Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va innovatsiyalar iqtisodiyoti masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.