ТОП просматриваемых книг сайта:
Ниқобсиз Америка ва бошқа манзилгоҳлар. Нурий Дадахон
.Информация о книге
Название Ниқобсиз Америка ва бошқа манзилгоҳлар
Год выпуска 0
isbn 978-9943-347-77-9
Автор произведения Нурий Дадахон
Издательство Kitobxon
Аннотация
Dadaxon Nuriy serqirra ijodkor: dastlab kompozitor hamda talabchan murabbiy Evgeniy Shvarsdan bir necha yil davomida musiqa sabog'idan dars olib, domlaning umidli shogirdlaridan hisoblangan. So'ngra badiiy ijod sirlarini benazir so'z ustasi Abdulla Qahhordan, rassomchilikni buyuk mo'yqalam sohibi Chingiz Ahmarovdan, «tilshunoslik» ni 55 yillarda taqdir taqozosi bilan Toshkentga kelib qolgan hind muhojiri Madan Mohan Hardat hamda Dehli universitetining professori Qamar Raisdan olgan. Suhbatlardan birida A.Qahhor «siz ko'proq adabiyot bilan shug'ullaning» deya maslahat beradi. Yozuvchi dastlab chuqur lirizm kechinmalariga boy qissa, roman, hikoya kitoblari orqali ko'pchilik muxlislar, ayniqsa yoshlar e'tiborini qozongan. So'ngra «jangovar» dolzarb mavzulardagi publisistik janrga qo'l urdi. Vaqtli matbuot orqali adibning shu ruhdagi ko'plab chiqishlari katta shov-shuvlarga sabab bo'lib, o'sha davr yalovbardorlarini bezovta qilgan, ta'qib ostiga olingan, biroq engilmagan. Taniqli munaqqid, O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov D.Nuriy haqida «Shvesariya bilan qiyoslanuvchi tog'li Bo'stonliqning ekologik „fronti“da dunyoni titratib turgan SSSR degan mamlakatning Harbiy vaziri bilan olishib, quturgan buqaning dumiga chelak bog'lagan yozuvchidir» deya bejiz yozmagan. Hozirda «Dadaxon Nuriy o'zbek essechiligi ustasi» (Shukur Holmirzaev) deya tan olingan. Shuningdek, safarnoma mavzusida yozilgan «Hindiston ming yildan so'ng», «Daricham ro'parasidagi Pokiston», «Hatarli jannat safari» (Shri Lanka haqida) asarlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan. O'ylaymizki, muallifning navbatdagi «Niqobsiz Amerika va boshqa manzilgohlar…» kitobi ham «kutilmagan yangilik» sifatida ko'pchilikda qiziqish uyg'otishi tabiiy.