Скачать книгу

– dedim men, – uxlay olsangiz, anavi karavot sizniki.

      U menga hayron bo‘lib qaradi. Men sichqonlardan shikoyat qildim. U shiftga qarar ekan, uy qurganda shu tomonini ham o‘ylab ko‘rish kerak ekan-da, deb qo‘ydi.

      Chindan ham kechasi uyqu bo‘lmadi. Tongga yaqin ikkalamiz ham turib o‘tirib oldik. Tepada allaqanday tushunib bo‘lmaydigan “jang” borardi. Biz fanerning lopillashidan hayron bo‘lardik. Sichqonlar chiyillashdan ko‘ra big‘illashardi. O‘zlarini jon holatda u yoqdan-bu yoqqa urishardi.

      – Ha, – dedim suyunib, – niyatimga yetdim. Tuzoq ish berdi. Shu kuni tonggi poyezd bilan shaharga qaytdik.

      Keyingi hafta dalahovliga borib, tokchadagi qutilar yerga dumalab tushganligini, quruq choylar to‘kilganini ko‘rdim. Bu kimning ishi bo‘lishi mumkin? Har qalay sichqonning ishi emas bu! Diqqat qilsam, uyning shifti suv quygandek jimjit. Tiq etgan tovush yo‘q. Demak, kalamush sichqonlarni tinchitgach, uy ichiga tushibdi-da. Qayerdan tushdi ekan? O‘h la’nati, burchak joydan fanerni kemiribdi. Yana qayerdan deng? O‘sha burchakda baland tokcha bo‘lib, samovar qo‘yilgan. Samovar shiftga tegib turardi. Yo tavba, deyman o‘zimga-o‘zim. Kalamush shu yerda samovar borligini qayerdan bildi ekan? Nahotki, uning ko‘zlari faner orqasidan ham ko‘ra olsa? Bu jonivor ham ilonga o‘xshab… Shunday deyman-u, bir tashvishimga ming tashvish qo‘shilgandek bo‘ladi. Uyga o‘rganib qolsa-ya. Uni qandoq qilib quvib chiqaraman. Men kalamushni xuddi Champoni qidirgandek hammayoqqa bosh suqib izlab ko‘rdim. Kalamush yo‘q. Xonaga taxtapol o‘rniga zich qilib g‘isht terib chiqqan edim. Kalamush g‘ishtlarni ko‘chira olmasdi. Shunda bildimki, u pastga qayerdan tushgan bo‘lsa, o‘sha yerdan yana chiqib ketgan…

      Shu kuni maza qilib uxladim. Na dupur-dupur, na bir shovqin bo‘ldi. O‘zimcha xaloskorimdan minnatdor edim. Tashqarida oy to‘lgan, uning oppoq nurlari xona ichkarisini munavvar qilar, sokinlik kishi ruhini allalab, uyqu elitgandan elitar edi. Ajabo, mana shunaqa osoyishta tunlar ham bor ekan-ku. Avvaliga yog‘ochxo‘r qurtlar qitir-qitiri, keyinigi sichqonlar dupur-dupuri, e, ha… Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘ deganlari shu bo‘lsa kerak-da.

      Kelgusi hafta dalahovliga borgach, dahlizga kirdim-u, atrofga alangladim. Tinchlik! Bu safar tokchadagi narsalar ham joy-joyida turibdi. Ammo ikkinchi xonaga o‘tdim-u hang-u mang bo‘lib qoldim. Uy o‘rtasiga kimdir bir dunyo tuproqni uyib tashlagan edi. Kimdir deganimcha bor. Bunchalik mashaqqatli ishni faqat odam bolasigina qilishi mumkin edi. Tavba, bu kimning ishi bo‘ldi? Men toshotar jinlar, uyga o‘t qo‘yadigan jinlar haqida eshitgan edim-u, lekin tuproq uyadigan jinlar haqida eshitmagan edim. Hayron bo‘lib tuproq uyumini sinchiklab ko‘zdan kechirdim. Men zich qilib tergan g‘ishtlar qimir etmagan. Beixtiyor shiftga qaradim. Shift ham joyida. Tuproq uyumidan bir qadam nari o‘tganimni bilaman, oyog‘im tagidagi yer surilganday bo‘ldi-yu, o‘zimni o‘rada ko‘rdim. Hayratdan bir zum o‘zimni yo‘qotdim-u, darrov es-hushimni yig‘ib oldim. Tavba, bu ahvolda uy ham bosib tushishi mumkin-ku? Nahotki, bu kalamushning ishi bo‘lsa? Shunda ko‘zim devor bilan g‘isht orasidagi kovakka tushdi. Bu kalamushning ishi edi.

      O‘zi bog‘hovliga biroz tobim qochib, toza havo istab kelgan edim. Mana sizga toza havo! Tizzamgacha tuproqqa botib o‘tiribman. G‘ishtlarni birin-sirin ko‘chira boshladim. Endi kechagina do‘st bo‘lib, bugun haqiqiy dushmanimga aylangan raqibimni qidiraman. Qani endi ko‘zimga ko‘rinsa-yu, g‘isht bilan bir urib, bir yo‘la qutula qolsam. Xayolim uyning devorida. Yaxshiyamki tosh terib ustiga beton quyilgan, bo‘lmasa qulab tushishi hech gap emas.

      Hayron bo‘laman. Nimaga buncha tuproqni qazidi ekan? O‘zimcha o‘ylayman. Hoynahoy u sichqonning izidan tushgan. Ularni yeb go‘shtiga o‘rganib qolgan. Mening nafsim balodir, yonar o‘tga solodir, deganlari shuda… Nazarimda tuproqni qayta shibbalay turib kalamushni ham shibbalab tashlagandek edim. Ana endi o‘zidan ko‘rsin.

      Ikki kundan keyin uyga qaytdim. Voqeani tanish-bilishlarga aytsam biri ishondi, biri ishonmadi. Xayolimning allaqayerida sichqonlar sendan o‘chini olyapti, degan bir ishora bor edi. Chindan ham men yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilgan edim. Eng alam qiladigani bu bosh og‘riqni o‘zim o‘ylab topgan edim. Nima qilardim kalamushni sichqonga tezlab. Ular ham bir kunini ko‘rayotgan edi. Taraqlatsa, uyquni buzsa nima qilibdi? Qayerda tinch hayot bor o‘zi?! Odamzod shunaqa besabr. Shukr qilmaydi.

      Kelgusi hafta yana xavotirlanib bog‘hovliga bordim. Ko‘nglimni xira qilib turgan narsa dahlizga kirishim bilan o‘zini ko‘rsatdi. Endi oldingidek tuproq uyumi o‘choq oldida uyulib yotardi. Ha, men dahlizga ota-bobolarimiznikiga o‘xshatib, mo‘rili o‘choq qurgan edim. (Bu haqda keyinroq bafurja to‘xtalaman.) Shoshib katta xonaga qaradim. U tarafda tinchlik. Ajabo, bu tuproq endi qayerdan chiqdi ekan. Bu yalmog‘iz tamoman uyimni qulatib tinchiydiganga o‘xshardi. Shularni o‘ylab tursam bog‘hovlining qorovuli Boymurod aka kelib qoldilar.

      – Anakka, – dedi u tuproq uyumiga ko‘zi tushib, – uyingizga kalamushlarning poshshosi kirib qopti. Sizni ko‘chiradiganga o‘xshaydi. Qarang qilgan ishini.

      Men beixtiyor burchak tarafga qarab hayron bo‘lib qoldim. U yerda ikki chelak piyoz va yana shuncha kartoshka bor edi. Bir donasiyam qolmabdi. Qizarsin deb deraza tokchalariga terib qo‘yilgan pomidorlar ham “tinchibdi”.

      Oldingi va hozirgi voqealarga endi tushuna boshlagan edim. Kalamush katta xonani kovlaganda mana shu narsalarni olib kirib, qishga g‘amlashni o‘ylagan-u, ulgurolmagan. Mana endi, dahlizdan yangi o‘ra ochib o‘z niyatiga yetibdi. Bu safar u yer tagiga o‘choq ichidan yo‘l topgan edi. Men qo‘limga kosov olib g‘ishtlarni asta-sekin ura boshladim. Oldingidek o‘raga tushib ketishdan qo‘rqdim. Uch-to‘rt g‘ishtning tagi gumburlab ovoz berdi. Demak, kalamush yasagan o‘ra shu yerda. G‘ishtlarni asta ko‘chira boshladim. Birozdan so‘ng ko‘z oldimda shunday manzara paydo bo‘ldiki, aqlim shoshib qoldi. Bu yer shunchaki o‘raga o‘xshamas edi. To‘rt burchakli shinamgina uychaga o‘xshardi. Ha, qizchalar xola-xolakam o‘ynaydigan uycha! Uychaning bir burchagiga piyoz uyulgan, ikkinchi burchagida pomidor, yana bir burchagida kartoshka. O‘rtaga kir qozonsochiq to‘shab qo‘yilgan edi. Qani endi bu manzarani suratga olsang? Hammasi batartib, faqat uy egasi kalamushxon ko‘rinmasdilar.

      Men asta piyoz va kartoshka, pomidorlarni terib oldim. Shunisi ajablanarliki, birortasi ham zaxa bo‘lmagan edi. Bari bus-butun. Demak, kalamush ularni qo‘llari bilan buyoqqa olib kirgan. Tishidan zaxm yetsa ular chirishi, uzoq saqlanmasligini biladi.

      Kalamushning qilib qo‘ygan bu ishlaridan goh hayratga tushib, goh jahlim chiqib, yana ishni o‘rani shibbalashdan boshlayman. Men bu aqlli jonivorni o‘tgan safar yerga ko‘mib ketdim, deb o‘ylagan edim. Afsuski, yanglishgan ekanman. Mana hozir ham u hech yerda ko‘rinmadi. Mening kelishimni bilgan. Qayerdandir kuzatib turibdi.

      Bunday qaraganda raqibimning ishlariga tan berganim bilan bari bir uning o‘ylagan ishi bo‘lmayotganligidan befarosat, degim kelardi. Axir uyning egasi keladi-ku, bu qilayotgan ishim befoyda-ku, deya olmas ekan-da bu jonivor.

      Kalamush deganlari bu safar ham meni ko‘p xayollarga toldirdi va charchatdi. Yozda pol o‘rniga chiroyli qilib terilgan g‘ishtlarimning tartibi buzildi. Baland-past bo‘lib qoldi.

      Shaharga qaytar ekanman, bu ko‘rinmas dushmanimdan qanday qilib qutulish yo‘lini izlay boshladim. Qiziq, ikki kecha tunagan bo‘lsam, tiq etib qo‘ymadi-ya. Qilib qo‘ygan ishidan xijolatdamikan? Yana bir shumlikni o‘ylab yotibdimikan?

      Kalamushdan qutulishning birdan-bir chorasi uni zaharlash edi. Shahardagi dorixonalarning biridan dorisini topdim-da, bog‘hovliga yo‘l oldim. Bu safar ikkala xonaning ham tartibi buzilmay, o‘rni-o‘rnida turardi. Nahotki kalamushdan qutulgan bo‘lsam? Biroq suyunchim uzoqqa bormadi. Taxmon tarafga ko‘zim tushdi-yu, yana avvalgidek holni ko‘rdim. Bu yirtqich endi xuddi shunday ishni taxmonda amalga oshirgan, tuproqni sandiq yoniga uyib tashlagan edi. Kechga dovur kalamushning bu ishiga e’tibor bermadim. Ko‘rsam ham ko‘rmaslikka oldim. Kechqurun ozgina piyozdog‘ qilib, doriga aralashtirdim-da, yelim xaltaga solib, tuproq uyumi yoniga qo‘ydim. “Ko‘p ishlab yubordingiz, tamaddi qilib oling”, dedim zaharxandalik bilan. Tun bo‘yi yelim xalta qitirlab chiqdi. Erta turib qarasam, kalamush o‘ziga qo‘yilgan luqmani

Скачать книгу