Скачать книгу

ak

      YANGI RUS ADABIYOTINING ASOSCHISI

So‘zboshi o‘rnida

      Ulug‘ rus adibi Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yil Moskvada tavallud topgan. Otasi Sergey Lvovich qadimiy dvoryanlar avlodidan, gvardiya ofitseri bo‘lib, fransuzcha she’rlar yozib turardi. Onasi Nadejda Osipovna Pyotrning tarbiyasida bo‘lgan habash A.P.Gannibal (asli ismi Ibrohim)ning nevarasi edi. Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseyevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan shoirlardan bo‘lib, Pushkinlarnikiga taniqli ijodkorlar tez-tez mehmon bo‘lib turishi odatga aylangandi. Bu muhit Pushkinda she’riyatga havas uyg‘otdi. 1811–1817-yillarda u Sarskoye selodagi litseyda ta’lim olgan yillarida (1814-yil) dastlabki she’ri matbuotda bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer-yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin og‘ir yaralanib, vafot etadi.

      A.S.Pushkin xalq og‘zaki ijodini bolalikdan berilib o‘rgandi. Buloqdek qaynab-toshgan xalq og‘zaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qo‘shdi. Kelajakda mashhur shoir bo‘lib, jahonga tanilishida boy manba vazifasini o‘tadi. U, ayniqsa, o‘zining ertak-dostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat-olqishiga sazo vor bo‘lib kelmoqda. A.S.Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko‘radi. Buni adibning asarlari misolida, ertak-dostonlarida his qilish mumkin. Ya’ni Pushkin satrlarida xalqqa bo‘lgan cheksiz hurmat tuyg‘usi barq urib turadi.

      «Baliqchi va baliq haqida ertak» (1833) dostonida shoir pok muhabbat mangu bo‘lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o‘tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshona ter to‘kib boylik orttirsa, birovlar hisobiga boyiydigan bo‘lsa, bu boylik hech qachon yuqmasligini, birovniki birovnikiligicha qolib ketishini kampir qismati bilan chog‘ishtirib hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam hukmroni bo‘lib olgan kampir cholni mensimaganligi uchun ochko‘z va badbaxtligicha qolib ketaveradi.

      «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak»dagi (1831) Pop obrazini shoir juda mahorat bilan ko‘rsatib berdi. Tekinxo‘r, ochko‘z, o‘zgalar hisobiga umr kechiradigan pop, aslida pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi. Unga qarama-qarshi obraz – oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod cho‘qqisiga ko‘taradi.

      Rostgo‘y, haqiqatni yoqlovchi shoir «O‘lik bekach va yetti bahodir haqida ertak» (1834), «Shoh Saltan haqida ertak» asarlarida haqiqat bir kun emas bir kun o‘z o‘rnini topadi, hamma baxtli bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi.

      A.S.Pushkin bolalarning ona Vatanga, tabiatga, odamlarga mehr-muhabbatini oshiradigan ko‘plab she’rlar yozdi. «Qish ertasi», «Dengizcha», «Men yana keldim», «Enagamga», «Bulut», «Anchar», «Tutqun» kabi she’rlar shular jumlasidandir.

      Pushkinning ko‘plab asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Masalan, «Boris Godunov», «Dubrovskiy», «Kavkaz asiri» Cho‘lpon tomonidan (1936–1937), «Yevgeniy Onegin» Oybek tomonidan (1937), «Boqchasaroy fontani» Usmon Nosir tomonidan (1937), «Kapitan qizi» Abdulla Qahhor tomonidan (1939), «Ruslan va Lyudmila» Mirtemir tomonidan (1948) tarjima qilingan va bu asarlarning barchasi o‘zbek kitobxonining ham sevimli mulkiga aylanib bo‘lgan.

Muharrirdan

      BALIQCHI VA BALIQ HAQIDA ERTAK

      O‘tgan chog‘da dengiz bo‘yida

      Cho‘l va kampir umr surgandi.

      Yerto‘lada – eski uyida

      O‘ttiz uch yil birga turgandi.

      Chol to‘r solib ovlarkan baliq,

      Kampir esa yigirar urchuq.

      Chol dengizga to‘r soldi bir gal,

      Baqa yaproq ilindi yolg‘iz.

      To‘r solganda chol ikkinchi gal,

      Ilindi-ku dengiz o‘lani.

      To‘r solganda chol uchinchi gal,

      Chiqib keldi bir chavoq baliq,

      Jo‘n baliqmas, naq oltin baliq.

      Oltin baliq xuddi odamday,

      Tilga kirib, yolvorib qoldi:

      «Qo‘yib yubor dengizga, bobo,

      Katta to‘lov to‘layman senga.

      Ko‘ngling ne tilasa, bergayman».

      Hayron bo‘ldi chol, qo‘rqib ketdi,

      Rosa o‘ttiz uch yil ovladi baliq,

      Ammo baliq so‘zlaganin u

      Eshitmagan edi umrida.

      Chol baliqni qo‘yib yubordi,

      Shunday dedi unga mehribon:

      «Oltin baliq, tangri yor bo‘lsin,

      Kerak emas menga to‘loving,

      Mayli tushgil zangor dengizga,

      Erkin-erkin o‘ynab yuraver!»

      Chol qaytdi-da kampir yoniga,

      Aytdi shundoq qiziq mo‘jiza:

      «Tutib oldim bugun bir baliq,

      Jo‘n baliqmas, naq oltin baliq.

      Baliq tilga kirib so‘zladi,

      Ko‘p yalindi qo‘yib yubor, deb.

      O‘z uyiga – yashil dengizga.

      Katta to‘lov to‘layin, dedi.

      Ne istasang berayin, dedi.

      Men olgani botinolmadim,

      Qo‘yvordim zangor dengizga».

      Cholni qarg‘ay boshladi kampir:

      «Ey tentak chol, go‘l, devona chol!

      Ololmabsan baliqdan to‘lov!

      Hech bo‘lmasa bitta tog‘ora –

      So‘rab olmaysanmi undan sen,

      Tog‘oramiz teshik-ku axir!»

      Chol jo‘nadi zangor dengizga,

      Mavj urmoqda dengiz qarasa.

      Ham chaqirdi baliqni suvdan,

      Baliq chiqib so‘radi undan:

      «Nima kerak senga, chol bobo?»

      Ta’zim bilan javob berdi chol:

      «Podsho baliq, holimga achin,

      Xo‘p urishdi kampirim meni.

      Tinchlik bermas, qariding demas,

      Kerak emish yangi tog‘ora.

      Tog‘oramiz teshilgan, axir».

      Oltin baliq aytadi javob:

      «Qayg‘urmagil, tangri yor bo‘lsin,

      Borgil, yangi tog‘orang bo‘lur!»

      Chol qaytsaki kampir yoniga,

      Tog‘oralik bo‘libdi kampir.

      Lekin urishdi kampir battarroq:

      «Ey tentak chol, go‘l, devona chol!

      Kir tog‘ora so‘rab oldingmi?

      Kir tog‘ora mol bo‘larmidi?

      Jo‘na, tentak, baliqqa borgin.

      Ta’zim qil-u uy so‘rab olgin».

      Chol jo‘nadi zangor dengizga,

      (Zangor dengiz loyqalangandi.)

      Chaqirdi u baliqni suvdan,

      Baliq chiqib so‘radi undan:

      «Nima kerak senga, chol bobo?»

      Ta’zim qilib, shunday dedi chol:

      «Podsho baliq, holimga achin,

      Meni kampir qarg‘adi battar,

      Tinchlik bermas, qariding demas.

      Jag‘i tinmas, uy so‘rar nuqul».

      Oltin baliq aytadi javob:

      «Qayg‘urmagil, tangri yor bo‘lsin.

      Borgil, uy ham bo‘ladi nasib!»

      Yerto‘lasi tomon qaytsa chol:

      Yerto‘ladan

Скачать книгу