ТОП просматриваемых книг сайта:
Балиқчи ва балиқ ҳақида эртак (Александр Пушкин) 5-9-синф. Александр Пушкин
Читать онлайн.Название Балиқчи ва балиқ ҳақида эртак (Александр Пушкин) 5-9-синф
Год выпуска 0
isbn 978--9943-20-254-2
Автор произведения Александр Пушкин
Издательство Kitobxon
Derazaning yonida esa,
O‘tiribdi kampir taltayib.
Qarg‘amoqda cholni battarroq:
«Ey tentak chol, go‘l, devona chol!
Kelib-kelib uy so‘rabsan-da!
Jo‘na darrov baliq yoniga,
Ta’zim qilgil unga sen tag‘in,
Qora dehqon bo‘lmayman ortiq.
Men begoyim bo‘lish istayman!»
Chol jo‘nadi zangor dengizga,
(Dengiz notinch, to‘lqin urmoqda.)
Chaqirdi u baliqni suvdan.
Baliq chiqib so‘radi undan:
«Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim qilib, chol shunday dedi:
«Podsho baliq, holimga achin,
Kampirni jin urdi battarroq.
Tinchlik bermas, qariding demas,
Qora dehqon bo‘lmasmish ortiq,
U begoyim bo‘lish istarmish!»
Oltin baliq aytadi javob:
«Qayg‘urmagil, tangri yor bo‘lsin».
Chol qaytdi-ku kampir yoniga,
Nima ko‘rar? Baland bir saroy,
Peshayvonda turar kampiri.
Suvsar po‘stin uning egnida,
Boshida ham alvon dakana.
Qator-qator inju bo‘ynida,
Qo‘llarida oltin uzuklar.
Oyog‘ida qirmizi etik.
Atrofida oqsoch xotinlar,
Qoq o‘rtada kampir turardi,
Sochlaridan sudrab urardi.
Kampiriga so‘z qotdi chol:
«Salom, aslzoda begoyim,
Ko‘ngling endi to‘ldi, shekilli?..»
Kampir unga o‘shqirdi battar,
Otxonada ishlashga soldi.
O‘tdi hafta ketidan hafta,
Kampir tag‘in mindi qahriga,
Baliq tomon yo‘lladi cholni:
«Tez bor, ta’zim qilgil baliqqa!
Ortiq men begoyim bo‘lmayman,
Podsho xotin bo‘lish xohlayman».
Qo‘rqib ketdi chol, shunday dedi:
«Eshakmiya yedingmi, kampir?
Yurish-turish nima, bilmaysan.
Podsholik masxara bo‘ldimi?»
Kampir battar mindi qahriga,
Chol yuziga tarsaki urdi:
«Qora dehqon, qanday botinding,
Kim qo‘yibdi senga so‘z aytmoq.
Menga – menday begoyimga-ya?
Yaxshilikcha jo‘nab qol, deyman,
Jo‘natgayman bog‘lab, bormasang».
Chol dengizga qarab yo‘l soldi.
(Zangor dengiz qora rang oldi.)
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so‘radi undan:
«Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim qilib, so‘z aytdi chol:
«Podsho baliq, holimga achin,
Kampir tag‘in boshladi g‘avg‘o
Bo‘lmas emish ortiq begoyim,
Bo‘lar emish erkin malika!»
Oltin baliq beradi javob:
«Qayg‘urmagil, tangri yor bo‘lsin,
Mayli, kampir bo‘lar malika».
Chol qaytdi tez kampir yoniga,
Qarasaki, shohona qasr.
Qasr to‘rida ko‘rinar kampir –
O‘tirardi malika bo‘lib,
Xizmatida beklar, amirlar,
Asl sharob quyib bermoqda
Ham malika quymoq yemoqda.
Atrofida talay yasovul,
Yelkalarda oyboltalari,
O‘rab turar juda bahaybat.
Buni ko‘rib qo‘rqib ketdi chol
Va so‘z aytar yetti bukilib:
«Savlatli malika, salomalaykum!
Shoyad endi to‘lgandir ko‘ngling?»
Qayrilib ham boqmadi kampir.
Tez haydang deb buyurdi, xolos.
Sakrab turdi beklar, amirlar,
Cholni sudrab, haydab soldilar.
Yasovullar eshik yonida
Sal bo‘lmasa chopa yozdilar.
Mazax qilib qoldi olomon:
«Qilig‘ingdan topding, nodon chol!
Bundan keyin bo‘lg‘usi saboq:
O‘z ko‘rpangga qarab cho‘z oyoq!»
O‘tdi hafta ketidan hafta,
Kampir battar mindi qahriga.
Erin izlar, chopar yuborib,
Cholni topib keldilar axir.
Kampir shunday dedi choliga:
«Jo‘na tag‘in baliq yoniga,
Ta’zim qilib, o‘tingil darrov.
Bo‘lmagayman ortiq malika
Dengiz shohi bo‘lish istayman.
Dengiz-okeanda yashayman,
Xizmatimda tursin baliq ham,
Baliq bo‘lsin menga xizmatkor».
Botinolmas so‘z aytishga chol,
Bo‘la olmas kampir so‘zini.
Tag‘in bordi zangor dengizga.
Qora quyun ko‘rar dengizda.
To‘lqinlar o‘shqirar g‘azabkor,
Ham to‘lg‘anar, ham uvlar tinmay.
Chaqirdi u baliqni suvdan,
Baliq chiqib so‘radi undan:
«Nima kerak senga, chol bobo?»
Ta’zim qilib, shunday dedi chol:
«Podsho baliq, holimga achin,
Jonga tegdi la’nati kampir,
Ortiq bo‘lmas emish malika,
Dengiz shohi bo‘lish istarmish
Va dengizda yashash istarmish.
Sen ham borarmishsan xizmatga,
Bo‘larmishsan unga xizmatkor».
Bitta so‘z ham demadi baliq,
Suvga urib dumini faqat
G‘oyib bo‘ldi dengiz tagiga.
Javob kutib turdi sho‘rlik chol,
Uzoq qolib dengiz bo‘yida…
Qaytdi kampir yoniga axir,
Ko‘rsa, tag‘in o‘sha yerto‘la.
Bo‘sag‘ada o‘tirar kampir,
Qarshisida teshik tog‘ora.
O‘LIK BEKACH VA YETTI