Скачать книгу

degan so‘zlar og‘zidan zo‘rg‘a chiqdi.

      – Oh, xola, men…

      – Nima bo‘ldi, nima bo‘ldi, bolam?

      – Oh, xola, barmog‘imning ichi o‘t bo‘lib yonayotir!

      Polli xola stulga o‘zini tashlab kulib yubordi, keyin yig‘ladi, keyin yana kulib, yana yig‘ladi. Kampirning bu qilgani uning yuragini ancha bo‘shashtirdi, keyin u:

      – Tom, meni juda ham qo‘rqitib yubording-ku! Qani, endi bunday jinniliklaringni yig‘ishtirib qo‘yib, o‘rningdan tur! – dedi.

      Tomning ingragan tovushlari bir damda jimib, barmog‘ining og‘rig‘i ham o‘sha ondayoq to‘xtadi. Bola biroz xijolat bo‘lib:

      – Polli xola, bu barmog‘im butunlay jonsizlanib qolgandek bo‘ldi, u shunday og‘ridiki, hatto tishimning og‘rig‘ini ham unutib yubordim, – dedi.

      – Ana, buni ko‘ringlar-a! Xo‘sh, sening tishingga nima bo‘ldi?

      – Tishimning bittasi qimirlab qolgan va shunday og‘riydiki, chidab bo‘lmaydi.

      – Ha, bas endi, bo‘lmasa yana ingray boshlarsan. Qani, og‘zingni och-chi! Ha, tishing chindan ham qimirlab qolgan ekan, biroq bu bilan odam o‘lmaydi-ku. Meri, menga bir qatim ipak bilan oshxonadan chala yongan kosovni keltirib ber.

      – Jon xola, qo‘ying, kerak emas, u endi og‘rimaydi. Agar yana og‘risa ham men hech ingramayman, hatto og‘riganini ham bildirmayman, xolajon, qo‘ying, unday qilmang, men uyda qamalib o‘tirishni xohlamayman, men maktabga boraman…

      – Ha, ha, shunday degin! Sen bu hiylalaringning hammasini, maktabga bormay, o‘qish o‘rniga baliq ovlab yurish uchun o‘ylab chiqargan ekansan-da! oh, Tom, men seni shuncha yaxshi ko‘raman-u, sen bo‘lsang doim shunday yaramas ishlarni qilib, meni ranjitib yurasan.

      Shu orada tish sug‘urish asboblarini ham olib keldilar. Polli xola ipning bir uchini sirtmoq qilib bog‘ladi-da, uni Tomning og‘rigan tishiga solib, ipning bir uchini bo‘lsa karavotning temiriga bog‘lab qo‘ydi. Keyin, yonib turgan kosovni olib, uni Tomning basharasiga qarab turtmoqchi bo‘lganda, Tom boshini bir silkib, tortib yuborgan edi, uning tishi sug‘urilib chiqib, karavotga bog‘langan ipda osilib qoldi.

      Kishining har bir tortgan qiyinchiligi qanday bo‘lsa ham mukofotlanmay qolmaydi. Tom nonushtani qilib maktabga kelganida hamma o‘rtoqlari unga suqlanib qaray boshladilar, chunki uning yuqoridagi qator tishlari orasida bo‘sh qolgan yeri unga juda yangi va bugungacha hech ko‘rilmagan usulda tupurishga imkoniyat berardi. Uning bu ahvoliga qiziqqan bolalar, orqasidan talashib ergashib yurar edilar. Bundan ilgari bolalardan biri barmog‘ini pichoq bilan kesib olib, uning bilan barcha bolalarning hurmat va diqqatini o‘ziga tortib yurar edi, bolalar Tomning tishini ko‘rganlaridan keyin, unga qaramay qo‘ydilar. Bu bilan u, o‘z ixlosmandlarini yo‘qotdi, uning shuhrati so‘ndi. Shu sababli u ancha xafa bo‘ldi va Tomga istehzo bilan qarab: «Tom Soyerning bunday tupirishi hech gap emas, uni har kim ham qila oladi» – dedi; boshqa bir bola esa «Yoshsiz, halig‘o‘rasiz!» deb qo‘ydi. Shundan keyin bolaning ancha shaxdi qaytib, bularning oldidan nari ketdi.

      Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Tom, shaharda hammaga mashhur bo‘lgan bir araqxo‘rning o‘g‘li – Geklberri Fin degan bola bilan uchrashdi. Shahardagi hamma bolalarning onalari Geklberrini chin ko‘ngillaridan yomon ko‘rar, lekin shu bilan birga, undan juda qo‘rqar edilar, chunki u juda yalqov, yaramas, axloqsiz bola bo‘lib, hech qanday tartib va qonunlarga bo‘ysunmas edi. Yana shuning uchun qo‘rqar edilarki, bolalarning hammasi ham undan o‘zlarini olib qochmas, garchi taqiq qilingan bo‘lsa-da, u bilan o‘ynashni, birga bo‘lishni sevar va hamma narsada unga ergashmoqchi bo‘lar edilar. Tom, «yaxshi xonadonlardan» chiqqan bolalardek, kuni bo‘yi hech bir ish qilmay yuradigan bu bolaga qiziqib qarar edi. Bu chuvrindi bola bilan o‘ynash Tomga ham qattiq man qilingan edi. Albatta, xuddi shuning uchun, Tom ham bu bola bilan biroz o‘ynab olish yo‘lida har bir to‘g‘ri kelgan paytdan foydalanib qolishga tirishar edi. Geklberri kattalarning egnidan tushgan eski-tuski uvadalarni kiyib yurar edi. Yilning har qanday mavsumida ham uning kiyimi har xil dog‘lar bilan qoplanib, uvadalari osilib yurar, boshidagi qalpog‘i ham go‘yo nuragan chordevorga o‘xshar, qalpog‘ining bir parcha yirtiq yeri xuddi yarim oy singari pastki tomonga cho‘zilib tushgan edi. Ustidagi kamzuli birovning eskisi bo‘lgani uchun, etagi tovonlariga tegib yurar, uning orqa tomondagi, beldan yuqori yerdagi tugmalari esa belidan ancha pastda turar, chalvori bittagina ip bilan yelkasiga tortib qo‘yilgan, orqa tomoni esa halpillab osilib yotar, pastki pochalari titilib ketgan va loyda sudralib yurar edi. Geklberri qayerni xohlasa shu yerda daydib yuruvchi erkin bir qushcha edi. Havo ochiq vaqtlarda u harqayerda, eshik ostonalarida tunab qolar, yog‘ingarlik vaqtlarda esa bo‘sh bochkalar ichiga kirib yotardi. Uni hech kim maktabga va cherkovga borishga majbur etmasdi. Uning bo‘ysunadigan kishisi, ya’ni tepasidan xo‘jayinlik qiluvchi kishisi yo‘q.U, xohlagan vaqtida va xohlagan yerida baliq ovlab yoki cho‘milib yurar va suv ichida ham xohlaganicha o‘tira berar edi. Birov bilan mushtlashishni ham unga hech kim man qilmasdi. Uxlashga ham xohlagan vaqtida, hatto yarim kechadan keyin ham borib yota berardi. Ko‘klam bo‘lsa, u boshqa bolalarning hammasidan oldin yalangoyoq yura boshlar, kuzda esa oyoqlariga hammadan keyin etik kiyar edi. U yuz-qo‘llarini yuvishni va toza kiyim-bosh kiyishni hech o‘ylamasdi. So‘kishishga kelganda esa, juda usta edi. Xullas, bu bola, hayotga shodlik kiritadigan xususiyatlarning hammasini egallagan edi… Sankt-Peterburgning «yaxshi uylari»da «yaxshi tarbiya» olgan va o‘z erklari bilan yura olmaydigan bolalarning hammasi shunday deb o‘ylar edilar. Tom haligi romantik daydi bolaga salom berib:

      – Hoy, Geklberri! Beri kel! – deb chaqirdi.

      – Ishing bo‘lsa o‘zing kelaqol…

      – Qo‘lingdagi nima?

      – O‘lgan mushuk.

      – Qani, Gek, menga ber, bir ko‘ray! Juda qotirib qo‘yibsan-ku. Qayerdan topding buni?

      – Bir boladan sotib oldim…

      – Nima berding?

      – Bitta ko‘k bilet bilan kushxonadan o‘g‘irlab olgan ho‘kizning pufagini berib oldim…

      – Ko‘k biletni qayerdan olding?

      – Bundan ikki hafta ilgari Ben Rojersdan bir qamchi berib olganman.

      – Menga qara, Gek, bu o‘lgan mushuging nimaga yaraydi?

      – Nimaga yaraydi, deysanmi? So‘galni yo‘qotadi.

      – Rostdanmi? Men uning bundan ko‘ra yaxshiroq dorisini bilaman.

      – Bundan yaxshi dorisi yo‘qligiga garov bog‘lashaman, sening aytganing qanday narsa?

      – Sasigan suv.

      – Sasigan suvmi? Sen aytgan sasigan suv hech narsaga yaramaydi.

      – Hech narsaga yaramaydi? Sen uni so‘gallarni yo‘qotish yo‘lida ishlatib ko‘rganmisan?

      – Ishlatib ko‘rgan emasman. Bob Tanner buni sinab ko‘rgan.

      – Sen buni qayerdan bilasan?

      – U buni Jef Techerga aytgan. Jef Jonni Bekkerga aytgan. Jonni Jim Xolmsga aytgan. Jim Ben Rojersga aytgan. Ben bir negrga aytgan. Negr esa menga kelib aytdi. Shuning uchun men buni bilaman.

      – Xo‘sh, nima bo‘pti? Ular hammasi yolg‘onni juda boplaydilar. Faqat sen aytgan negrni bilmayman. Biroq negrlarning ham yolg‘on so‘zlamaydiganlarini men shu vaqtgacha ko‘rgan emasman. Bularning hammasi quruq safsata! Gek, sen menga ayt-chi, Bob Tanner so‘gallarni qanday qilib yo‘qotdi?

      – Ortiqcha bir ish qilgani yo‘q. Daraxtning chirik, kavak bo‘lib qolgan yerida to‘planib qolgan yomg‘ir suviga qo‘lini tiqib olgan, xolos.

      – Kuppa-kunduz kuni-ya?

      – Albatta.

      – O‘sha daraxt to‘nkasiga qarab turib-a?

      – Ha, shunday. Boshqacha iloji bo‘larmidi?

      – Shunday

Скачать книгу