ТОП просматриваемых книг сайта:
ODOBLI BOLA. Ochil Tohir
Читать онлайн.Название ODOBLI BOLA
Год выпуска 0
isbn 978-9943-5986-9-0
Автор произведения Ochil Tohir
Издательство SHARQ
ODOBLI BOLA
Bobojonim, bobojon,
Sizni yaxshi ko‘raman.
Oldingizda doim men
Odob saqlab turaman.
Chaqirsangiz, labbay deb,
Qarshingizga yelaman.
Shirin konfetlar berib,
Erkalaysiz, bilaman.
Buyursangiz biron ish,
Men yalqovlik qilmayman.
Og‘rir boshim yoki tish,
Deb bahona qilmayman.
OYPOSHSHA
– Oyi,– dedi Oyposhsha,
Ushladim, mana, pashsha,
Shundan fil yasab bering,
Qilay men bir tomosha.
– Sendan aylanay o‘zim,
Bu mumkin emas, qizim,
Buni eplolmas odam,
Bu – onalik chin so‘zim.
– Xo‘sh, unda nega har dam,
Tushunmayman sira ham,
Pashshadan fil yasaydi,
Deydilar sizni dadam.
ARAZCHI QIZ
Buvijonim har doim
Boqib menga muloyim,
Ohista sochim silab,
Derlar meni erkalab:
– Sen asal-novvot, qizim,
Ko‘nglimga quvvat qizim.
Osmondagi yulduzim,
Oppoq, yorug‘ kunduzim.
Bog‘imda gul-g‘unchamsan,
Mening shirmoy kulchamsan.
Rostmi, deb buvim so‘zi,
Oldimga qo‘yib ko‘zgu.
Uzoq boqib turdim men,
U yoq, bu yoq yurdim men.
Undan uzmay ko‘zimni,
Kuzatdim men o‘zimni.
Buvim sanab, birma-bir
Aytganin topmay axir,
O‘pkalab men oynadan,
Chiqib ketdim xonadan.
BILAG‘ON DAVRON
Qafasdagi maymunga
Yaqinroq borib Davron,
Tikilib turar unga,
Bo‘lganicha lol-hayron.
Der: Boshdan-oyoq o‘zin
Bo‘yabdi qizil rangga.
Zo‘rg‘a ilg‘aysiz ko‘zin,
G‘alati-ya, qarang-a…
Oyisi deydi mayin:
– Boshqa maymun do‘stini
Qo‘rqitay, deb atayin
Bo‘yagan-da o‘zini.
O‘yga cho‘mdi Davronjon,
Der: Tushundim so‘zingiz,
Qo‘rqitay deb dadamni
Bo‘yarkansiz yuzingiz.
SUHBAT
– Bolam, gaplarimga quloq os,
Odobsizlik qilmasang buncha.
Astagina menga aytsang bas,
Tiling bor-ku!
Qo‘ling cho‘zguncha.
– Oyi, aslo emasman tixir,
Uzatishga majburman qo‘lim.
Vazadagi mevaga axir,
Nima qilay, yetmasa tilim?
BAYRAM QO‘SHIG‘I
Yoshlik – bu misli bahor,
Atrofda gul, ranggo-rang.
Quvonchdan dillar yayrar,
Jo‘r bo‘lib qo‘shiq, ohang.
Bu davradan zavq olib,
Qalblar toshar sururdan.
Do‘stlik doimo g‘olib,
Ko‘ksimiz to‘lar g‘ururdan.
MASALGA NAZIRA
Baroqvoy bolasiga
Qilarkan pand-nasihat.
It degan balosidan
Uzoq yurgin, der faqat.
Uning bizlardan boshqa
Qiladigan ishi yo‘q.
Doim balodir boshga,
Hayt, deydigan kishi yo‘q.
Rostini aytsam, bolam,
It emas, xira pashsha.
Itlar qavmi shu mudom,
Ishi «quv-qoch» hamisha.
To‘g‘risi, aynir ko‘nglim,
Gar eshitsam otini.
Uzun bo‘lsaydi qo‘lim,
Quritardim zotini.
TULKINING SO‘ZI
Nomimdir ayyor tulki,
Mug‘ombirligim shulki,
Asrash uchun jonimni,
To‘q tutmayman qornimni.
Bilaman, hayvon borki,
Bir-biridan ko‘p farqi.
Biri ojiz, biri zo‘r,
Biri to‘q, biri bazo‘r
Kun ko‘rar, bunga sabab –
Yurmas holiga qarab.
Ko‘rsa shudgorda quyruq,
Nafs berar unga buyruq.
Deyman, bo‘l o‘zdan hazir,
Ammo gap qilmas ta’sir.
O‘rmon, to‘qay sultoni
Sherning uzundir qo‘li,
Aytsam gapning dangalin,
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «ЛитРес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney, Яндекс.Деньги, QIWI Кошелек, бонусными картами или другим удобным Вам способом.