ТОП просматриваемых книг сайта:
TO‘POLONCHI CHUMCHUQLAR. X. Shomurodov
Читать онлайн.Название TO‘POLONCHI CHUMCHUQLAR
Год выпуска 0
isbn 978-9943-26-954-5
Автор произведения X. Shomurodov
Издательство SHARQ
TO‘POLONCHI CHUMCHUQLAR
She’rlar
BULBULCHA
Bulbul qo‘nib shoxchaga,
Sayrab berdi barchaga.
Hamma undan bo‘ldi shod,
Ko‘ngil ham bo‘ldi obod.
Hoy, bulbulcha, bulbulcha,
Mana senga gulg‘uncha.
Ko‘rib sen qilgin havas,
Shodlik bo‘lsin hamnafas.
Yurgin sen yayrab, yayrab,
Tong chog‘i sayrab, sayrab.
Quvnaylik ikkalamiz,
Bir-birimiz do‘st saylab.
UYQUCHI MUSHUK
Mushuk chiqdi oftobga,
O‘xshab go‘yo betobga.
Ayyorlik qilib qoldi,
Sichqonni tutib oldi.
Endi uning qorni to‘q,
Hech kim bilan ishi yo‘q.
Uyquni qilmas kanda,
U shundayin arzanda.
– Hoy Baroqvoy, Baroqvoy,
Tur o‘rningdan, turaqol.
Mana senga sut va non,
Maza qilib yeya qol.
Erinib turdi mushuk,
Shundayin qildi tushlik.
Uyquga to‘ymas har kun,
Mudrab yurar shuning-chun.
LAYLAK
Samoda uchar laylak,
Kiyib yangi oq ko‘ylak.
Libosiga bir qarang,
Tovlanadi oppoq rang.
Laylak qanot qoqadi,
Bo‘yniga dur taqadi.
Hamma unga boqadi,
Bu hol menga yoqadi.
Xayolimni oldi-ku,
Menga yoqib qoldi u.
Endi nima qilaman,
U bilan do‘st bo‘laman.
QURBAQAJON
– Qurbaqajon, qurbaqa,
Usting nega kir-chaqa.
– Cho‘milaman kunda men,
Rangim o‘zi shunaqa.
– Nega sekin yurasan?
Yoki sen kasalmisan?
– Men kasal emasman, yo‘q,
Hozir juda qornim to‘q.
– Pashsha, chivin ko‘paysa,
Senga ozor beradi.
– Ular mening nonushtam
Uchun kerak bo‘ladi.
Menga sira tegmagin,
Aslo ozor bermagin.
Zararimdan foydam ko‘p,
Chivinlarni yeyman xo‘p.
G‘OZ
G‘oz yuradi kerilib,
Xayollarga berilib.
Jo‘jalari izida,
Quloq solmas so‘ziga.
Ko‘chaning o‘rtasiga
Chiqib ketdi bittasi.
Mashina keldi birdan –
Tomoshaning kattasi.
Ko‘chada yurishni ham
O‘rganish kerak axir.
Ko‘chada ham bor qonun,
O‘rgatish kerak axir.
G‘oz aytibdi jo‘jaga:
– Quloq solgin so‘zimga.
Chiqsang agar ko‘chaga,
Qarab yurgin ko‘zingga.
QUYOSH
Chiqib kelar ertalab,
Tog‘ ortidan mo‘ralab.
Aytsam sizga bu – Quyosh,
Mehri cheksiz, beqiyos.
Nur sochib u olamga,
Jilmayib ham qo‘yadi.
Nur sochishi chiroyli,
Bag‘rin ochib suyadi.
Yog‘dusi taram-taram,
Unga sirli boqaman.
Quyoshni quchgim kelar,
Unga men ham yoqaman.
Hayot sururi kitob,
Ezgulikka u xitob.
Oftob – kitobga o‘xshar,
Kitob oftobga o‘xshar.
TO‘POLONCHI CHUMCHUQLAR
Chumchuq dedi chumchuqqa,
Tushiraymi tumshuqqa.
Unisi ham bo‘sh kelmay,
Yurgin dedi bu yoqqa.
Ikki chumchuq urishdi,
Patlarini yulishdi.
Bu tekin tomoshaga
Boshqalar ham kelishdi.
Bo‘ldi janjal, to‘polon,
Hali ular polapon.
Shunday bo‘lsa ham ular,
Bir-birini yumdalar.
Bu janjalkash chumchuqlar,
Don, suv uchun talashar.
Bir bahona izlashib,
Har tomonga qarashar.
Kelib qoldi onasi,
Kimdir aytgan chamasi.
So‘rdi janjal sababin,
Nima deb bahonasi.
Tanbeh berib ularga
Dedi: – Bu qanday janjal.
Tartibsizlik, bedodlik
Qilasiz ketsam har gal.
Izza bo‘lgan chumchuqlar
Bir so‘z deyishmas emish.
Ammo o‘shandan beri
Janjal qilishmas emish.
TOYCHOG‘IM, O‘YINCHOG‘IM
Olib berdilar toychoq,
Tirik emas, o‘yinchoq.
Bo‘ynida bor qo‘ng‘iroq,
Yoli, dumi qo‘ng‘irroq.
O‘ynab aslo to‘ymayman,
Qo‘limdan hech qo‘ymayman.
Ukam yig‘lab, ber deydi,
Lekin bergim kelmaydi.
Agar bersam men unga,
Ustiga chiqib olar.
Unga qamchi